add

Temir yo‘l infratuzilmasi xavfsizligiga yangi talablar joriy etildi

Hukumat temir yo‘l transporti infratuzilmasi xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha yangi texnik reglamentni tasdiqladi. Hujjatda mahsulot belgilash, majburiy sertifikatlash va muvofiqlik talablari aniq belgilangan.

Temir yo‘l infratuzilmasi xavfsizligiga yangi talablar joriy etildi
Vazirlar Mahkamasining 2025 yil 31 iyuldagi 480-son qarori bilan «Temir yo‘l transporti infratuzilmasi xavfsizligi to‘g‘risida»gi texnik reglament tasdiqlandi. U umumiy foydalanishdagi va foydalanishda bo‘lmagan temir yo‘l transporti infratuzilmasiga nisbatan qo‘llanadi. Reglamentga ko‘ra, har qanday temir yo‘l mahsuloti ishlab chiqarilgan yildan qat’i nazar, uni identifikatsiya qilish imkonini beradigan maxsus belgilarga ega bo‘lishi shart. Ular qatorida muvofiqlik belgisi, raqam, ishlab chiqaruvchi yorlig‘i, ishlab chiqarilgan sana hamda rezervuar va nazorat moslamalarining tekshiruvdan o‘tgani haqidagi ma’lumotlar bo‘lishi kerak. Temir yo‘l mahsulotining muvofiqligini majburiy tasdiqlash ikki yo‘l bilan amalga oshiriladi: majburiy sertifikatlash va muvofiqlik to‘g‘risida deklaratsiyani qabul qilish. Bu orqali mahsulotning xavfsizlik va sifat talablariga javob berishi kafolatlanadi. Muvofiqlik sertifikati mahsulot partiyasi uchun uning yaroqlilik yoki kafolat muddati davomida amal qiladi. Seriyali ishlab chiqariladigan mahsulot uchun esa bu muddat uch yildan oshmasligi lozim. Mazkur reglament temir yo‘l transportida xavfsizlik darajasini oshirish, mahsulot sifati ustidan nazoratni kuchaytirish hamda soha infratuzilmasini zamon talablariga moslashtirishga qaratilgan.

Teglar

Mavzuga oid

Temir yo‘l infratuzilmasi xavfsizligiga yangi talablar joriy etildi | Vaqt.uz