add

Temu’ga nisbatan Yevropada rasmiy tergov boshlandi

29.07.2025 | 09:0023172

Yevropa Ittifoqi Xitoyga tegishli Temu onlayn-savdo platformasini noqonuniy va xavfli mahsulotlarni sotish, foydalanuvchilar huquqlarini himoya qilmaslik kabi jiddiy qonunbuzarliklarda rasman aybladi.

Temu’ga nisbatan Yevropada rasmiy tergov boshlandi
Yevropa Komissiyasi Temu’ni yangi «Raqamli xizmatlar to‘g‘risidagi qonun» (DSA) asosida tergov qilmoqda. Agar ayblovlar tasdiqlansa, Temu kompaniyasi jahon bo‘yicha yillik daromadining 6 foizigacha jarimaga tortilishi hamda xavfli mahsulotlarni yo‘q qilishga majbur qilinishi mumkin. 2023 yilda Temu oyiga o‘rtacha 93,7 million faol foydalanuvchi jalb etgan va YeI bozorida jiddiy ta’sirga ega. Ammo Komissiya tekshiruvlari davomida platformada: – Iste’molchilar uchun xavfli mahsulotlar keng tarqalgani; – Foydalanuvchilar huquqlari yetarlicha himoya qilinmagani; – Maxfiy xaridorlar orqali o‘tkazilgan sinovlar muammolarni ochiqlagani aniqlangan. «Temu» vakili kompaniya komissiya bilan «to‘liq hamkorlik qilishda» davom etishini aytdi.

Teglar

Mavzuga oid