add

Tergov organlariga abonent ma’lumotlarini sudsiz olish huquqi berilmoqda

11.09.2025 | 15:507103

Jinoyat ishlari doirasida kechiktirib bo‘lmaydigan hollarda telefon bog‘lanishlari haqida ma’lumot sud qarori talab etilmasdan olinishi mumkin.

Tergov organlariga abonent ma’lumotlarini sudsiz olish huquqi berilmoqda
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi kechiktirib bo‘lmaydigan hollarda, abonentlar yoki abonent qurilmalari o‘rtasidagi bog‘lanishlar yuzasidan axborot olish tergovchining yoki surishtiruvchining qarori asosida sudning roziligisiz amalga oshirilishi mumkinligini belgilovchi qonun loyihasini jamoatchilik muhokamasiga qo‘ydi. Yangi tartibga ko‘ra, tergovchi yoki surishtiruvchi ayrim hollarda abonentlar yoki abonent qurilmalari o‘rtasidagi bog‘lanishlar yuzasidan ma’lumotni sud roziligisiz so‘rab olishi mumkin. Bu jinoyat ishi yuzasidan tezkor harakatlar talab etilganda qo‘llaniladi. Shu bilan birga, jabrlanuvchi, guvoh yoki ularning qarindoshlari arizasi yoki yozma roziligi asosida ham abonent ma’lumotlarini olish uchun qaror chiqarilishi mumkin. Qarorda jinoyat ishi raqami, axborot olish zarurati, tekshiriladigan ma’lumot mazmuni, shaxs va telefon raqami, davr hamda ijro uchun yuboriladigan maxsus davlat organi ko‘rsatiladi. Iltimosnomaga asoslovchi materiallar ham qo‘shib beriladi. Tergovchining qarori va hujjatlar prokurorga yuboriladi. Prokuror iltimosnomani asosli deb topsa, sudga taqdim etadi. Shu orqali qonunchilikda telefon bog‘lanishlari bo‘yicha ma’lumot olish jarayoni yanada tizimli va nazorat ostida amalga oshirilishi belgilanmoqda.

Teglar

Mavzuga oid