add

Termizda 50 mln dollarlik «Obi hayot» turarjoy majmuasi qurilishi boshlandi

06.09.2025 | 17:0050303

Surxondaryo viloyatida daryo bo‘yi yerlaridan foydalanish doirasida yangi 50 mln dollarlik ko‘p funksiyali turarjoy va turizm majmuasi qurilishi boshlandi.

Termizda 50 mln dollarlik «Obi hayot» turarjoy majmuasi qurilishi boshlandi
Termiz tumani hududida Surxondaryo daryosi bo‘yida joylashgan yerlarda yangi «Obi hayot park» turarjoy va turizm majmuasi barpo etiladi. Loyiha umumiy qiymati 50 mln dollar bo‘lib, 20 gektar maydonni qamrab oladi, deb xabar bermoqda Surxondaryo viloyati hokimligi. Majmua doirasida 42 ta turarjoy va noturarjoy inshootlari, jumladan, ko‘p qavatli uylar, savdo va xizmat ko‘rsatish nuqtalari, 250 o‘rinli ikkita mehmonxona, restoranlar, kafe, fitnes-klublar va dam olish maskanlari quriladi. Shuningdek, turistlar uchun sohil bo‘ylab shabada ko‘chalari tashkil etilishi rejalashtirilgan. Hokimlik ta’kidlashicha, qurilish jarayonida daryoning tabiiy oqimi saqlab qolinadi, sohillar mustahkamlanadi va ko‘priklar barpo etiladi. Ushbu tadbirlar xavfsizlik talablariga to‘liq javob beradi. Shuningdek, yangi ish o‘rinlari yaratish va mahalliy aholi farovonligini oshirish ko‘zda tutilgan. Majmua poydevoriga kapsula qo‘yish marosimida Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov ham ishtirok etdi. Loyiha shaharsozlik infratuzilmasini yaxshilash, turizm salohiyatini oshirish va xususiy biznes uchun keng imkoniyatlar yaratishga xizmat qilishi kutilmoqda. Avvalroq Surxondaryoda yana bir loyiha — Qumqo‘rg‘on tumanida 140 mlrd so‘mlik ekoturizm majmuasi qurilishi haqida xabar bergan edik. U Janubiy Surxon suv ombori bo‘yida barpo etiladi.

Teglar

Mavzuga oid