add

Tilmoch AI startapiga 150 ming dollar sarmoya kiritilmoqda

12.09.2025 | 14:0049043

Ushbu investitsiyalar startapning mahsulotlarini takomillashtirish, xizmat sifatini oshirish va mintaqaviy hamda xalqaro bozorda ulushini kengaytirishga xizmat qilishi aytilmoqda.

Tilmoch AI startapiga 150 ming dollar sarmoya kiritilmoqda
O‘zbekistonning sun’iy intellekt sohasidagi eng istiqbolli loyihalaridan biri — Tilmoch AI investitsiya raundida 150 ming dollar mablag‘ jalb etdi. Sarmoyaning 60 ming dollari Aloqa Ventures, 50 ming dollari Yoshlar Ventures, 40 ming dollari esa IT Park Ventures tomonidan yo‘naltirilgan bo‘lib, ushbu mablag‘lar startap mahsulotlarini takomillashtirish va bozor ulushini kengaytirishga qaratilgan.. Tilmoch AI o‘zbek va boshqa turkiy tillar uchun ishlab chiqilgan sun’iy intellekt asosidagi tarjima va til texnologiyalari platformasi hisoblanadi. Ushbu servis 7 tilda neyron tarjima, imlo va grammatika nazorati, shuningdek, bizneslar uchun API xizmatlarini taklif etadi. bugungi kunda platformaning oylik faol foydalanuvchilari 130 mingdan ziyod bo‘lib, kunlik foydalanuvchilari soni 16 ming kishiga yetgan. Shuningdek, 50 dan ortiq kompaniyalar hamkor sifatida Tilmoch AI ’dan foydalanmoqda. Startap so‘nggi yillarda xalqaro miqyosda ham muvaffaqiyat qozondi. Jumladan, 2022 yilda mGovAward tanlovida 50 ming dollar, 2023 yilda esa President TechAwardda 100 ming dollar mukofotga ega bo‘lgan. IT Park Ventures qo‘shimcha ravishda Mom+ startapiga ham sarmoya kiritdi. Loyiha onalar uchun AI-yordamchi bo‘lib, homiladorlikdan boshlab bola parvarishigacha bo‘lgan jarayonda foydali maslahatlar va yo‘l-yo‘riqlarni taklif qiladi. Mutaxassislar fikricha, mazkur investitsiyalar mahalliy startap ekotizimini qo‘llab-quvvatlab, O‘zbekistonning sun’iy intellekt texnologiyalarini jahon miqyosida raqobatbardosh darajaga olib chiqishga yordam beradi.

Teglar

Mavzuga oid

Tilmoch AI startapiga 150 ming dollar sarmoya kiritilmoqda | Vaqt.uz