add

Tim Kuk kelasi oy Apple rahbarligini tark etishi mumkin — Bloomberg

06.10.2025 | 18:4033333

Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, Tim Kuk 65 yoshi to‘lganidan so‘ng Apple bosh direktori lavozimini tark etib, kompaniya boshqaruvida maslahatchi sifatida qolishi mumkin.

Tim Kuk kelasi oy Apple rahbarligini tark etishi mumkin — Bloomberg
Bloomberg xabariga ko‘ra, Apple bosh direktori Tim Kuk kelasi oy rasman lavozimini topshiradi. Manbalar ta’kidlashicha, u kompaniyadagi faoliyatini to‘xtatmasdan, boshqaruv kengashi raisi sifatida ishini davom ettirishi mumkin. Apple’da vaqtinchalik boshqaruvni yangi operatsion direktor Sabih Xan va chakana savdo bo‘limi rahbari Deyrdre O’Brayen amalga oshiradi. Shu bilan birga, kompaniya yangi bosh direktor nomzodini tanlash jarayonini boshladi. Asosiy da’vogar sifatida Apple’ning apparat texnologiyalari bo‘yicha bosh muhandisi Jon Ternus ko‘rilmoqda. Bloombergʼning yozishicha, avvalroq Kukning o‘rnini joriy bosh operatsion direktor Jeff Uilyams egallashi kutilgandi, ammo u ham bu yil lavozimini tark etish niyatida. Tim Kuk Apple’ga 1998 yili qo‘shilgan va 2011 yilda kompaniya asoschisi Stiv Jobsdan so‘ng bosh direktor lavozimini egallagan. Uning rahbarligi davrida Apple Watch va AirPods kabi mahsulotlar yaratilgan, kompaniya kapitalizatsiyasi esa rekord darajalarga yetgan. Jon Ternus 2021 yildan buyon Apple’ning apparat injiniring bo‘limi vitse-prezidenti sifatida ishlab kelmoqda. U barcha apparat ishlab chiqarish guruhlarini boshqaradi va kompaniyaning keyingi avlod qurilmalari uchun mas’ul. So‘nggi besh yilda Apple’da bir qator muhim kadrlar o‘zgarishi kuzatilgan. 2020 yilda marketing direktori Fil Shiller lavozimini tark etgan, hozirda esa Bloomberg Apple’ning apparat texnologiyalari rahbari Jonni Srouji hamda ekologik tashabbuslar bo‘limi rahbari Liza Jeksonning ehtimoliy ketishi haqida xabar berdi.

Teglar

Mavzuga oid