add

Tinchlik bo‘yicha Nobel mukofoti sovrindori ma’lum va u Tramp emas

10.10.2025 | 15:0013213

Nufuzli mukofot venesuelalik muxolifadagi siyosatchi Mariya Korina Machadoga berildi.

Tinchlik bo‘yicha Nobel mukofoti sovrindori ma’lum va u Tramp emas
Venesuelalik siyosiy faol Mariya Korina Machado 2025 yilgi Tinchlik bo‘yicha Nobel mukofoti laureati deb topildi. Bu haqdagi qaror Norvegiya Nobel qo‘mitasi tomonidan 10 oktyabr kuni Osloda e’lon qilindi. Qo‘mita raisi Yorgen Vatne Fridnesning ta’kidlashicha, Machado mukofotga Venesuela xalqi demokratik huquqlarini himoya qilishdagi «tinimsiz mehnati» va diktaturadan demokratiyaga tinch yo‘l bilan o‘tish uchun kurashi uchun loyiq topilgan. Uning faoliyati mamlakatda siyosiy erkinlik va adolatli saylovlar uchun kurashda muhim ahamiyat kasb etgan. Bu yil Tinchlik bo‘yicha Nobel mukofotiga 338 nomzod ilgari surilgan — ularning 244 nafari jismoniy shaxs, 94 tasi esa tashkilotdir. Qiyoslanganda, 2024 yilda nomzodlar soni 286 nafarni tashkil etgan. Nobel qo‘mitasi har yili dunyoda tinchlik, inson huquqlari va demokratiyani rivojlantirishga hissa qo‘shgan shaxslar va tashkilotlarni taqdirlab keladi. 2024 yilda mukofot yadroviy qurolsizlanish tarafdori bo‘lgan yapon tashkiloti Nihon Hidankyo‘ga berilgan edi. 2023 yilda esa eronlik huquq himoyachisi Nargis Muhammadiy ayollar huquqlari va inson erkinligi uchun kurashi uchun mukofotlangan. Tinchlik bo‘yicha Nobel mukofoti dinamit ixtirochisi Alfred Nobel vasiyatiga muvofiq 1901 yildan buyon topshirib kelinadi. Uning g‘oyasi — dunyoda tinchlik, asrash uchun intilayotgan shaxslarni e’tirof etishdir. Eslatib o‘tamiz, avvalroq Donald Trampning Nobel Tinchlik mukofotidan quruq qolgani haqida xabar bergan edik.

Teglar

Mavzuga oid