add

Tojikistonga Putinni hibsga olishga majburligi eslatildi

10.10.2025 | 19:2024062

Chunki Dushanbe Xalqaro jinoiy sudning Rim statuti a’zosi.

Tojikistonga Putinni hibsga olishga majburligi eslatildi
Yevropa Ittifoqining Tojikistondagi vakolatxonasi 10 oktyabr kuni tarqatgan bayonotida ta’kidlanishicha, «Dushanbe Xalqaro jinoiy sudning Rim statuti a’zosi sifatida Rossiya rahbarini qamoqqa olish to‘g‘risidagi orderning ijrosini ta’minlash bo‘yicha o‘z majburiyatlarini bajarmagan». Eslatib o‘tamiz, Putin Dushanbega 8 oktyabr kuni keldi. Bu uning 2022 yildan beri Tojikistonga qilgan birinchi tashrifi hisoblanadi. Rossiya prezidentini Emomali Rahmonning o‘zi kutib olgan. Avvalroq Mo‘g‘uliston XJS orderi bo‘yicha xuddi shunday pozitsiyani tutib, Putinning 2024 yil kuzida mamlakatga tashrifi chog‘ida hech qanday chora ko‘rmagan edi.

Teglar

Mavzuga oid