add

«Tolibon»: Afg‘onistonda internet taqiqlangani haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi

01.10.2025 | 20:3038323

Afg‘onistonning «Tolibon» harakati mamlakatda internetning o‘chirilishi «optik tolali infratuzilmaning buzilishi» bilan bog‘liqligini ma’lum qildi. Associated Press xabar berishicha, bu bayonot pokistonlik jurnalistlar a’zo bo‘lgan WhatsApp guruh chatida tarqatilgan.

«Tolibon»: Afg‘onistonda internet taqiqlangani haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi
Agentlikning ta’kidlashicha, bu bayonot harakat vakillarining bank, savdo va aviatsiya faoliyatini to‘xtatib qo‘ygan aloqa uzilishi haqidagi birinchi ommaviy bayonoti bo‘ldi. «Tolibon» vakili Zabihulla Mujohidning aytishicha, hozirgi vaqtda optik tolali tarmoqlar almashtirilmoqda. Shu bilan birga, internetga kirish qachon qayta tiklanishi haqida xabar berilmagan. «Afg‘oniston bo‘ylab internetga kirishning taqiqlagani haqidagi xabarlar mish-mishdan boshqa hech narsa emas», — dedi harakat vakili. Eslatib o‘tamiz, 29 sentyabr kuni kechqurun Afg‘onistonning barcha hududlarida internet butunlay ishdan chiqqani haqida xabarlar tarqala boshladi. BBC News xabar berishicha, toliblar so‘nggi bir necha hafta mobaynida mamlakatning turli viloyatlarida optik tolali internetni o‘chirgan. Ertasi kuni mobil internet va sun’iy yo‘ldosh televideniyesi bilan bog‘liq muammolar yuzaga kelgani haqida xabarlar paydo bo‘ldi. Dunyo bo‘ylab internet erkinligini kuzatib boruvchi NetBlocks tashkiloti, «Tolibon» optik tolali internetni o‘chirish orqali mamlakatda «axloqiy me’yorlarni ta’minlash choralarini» joriy etishni boshlaganini ta’kidlagan.

Teglar

Mavzuga oid

«Tolibon»: Afg‘onistonda internet taqiqlangani haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi | Vaqt.uz