add

«Tolibon»ga harbiy vertolyotlar qaytarilishi yolg‘on — O‘zbekiston TIV

11.09.2025 | 20:0539563

Avvalroq, Afg‘oniston matbuoti Zabihulloh Mujohidga tayanib, O‘zbekiston Afg‘onistonga 57 ta harbiy vertolyotni qaytarishga rozi bo‘lganini yozgandi.

«Tolibon»ga harbiy vertolyotlar qaytarilishi yolg‘on — O‘zbekiston TIV
Afg‘oniston matbuoti O‘zbekiston hukumati 2021 yil avgust oyida olib o‘tilgan harbiy vertolyotlarni Afg‘onistonga qaytarishga rozi bo‘lgani haqida xabar berdi. O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Ahror Burxanov bu xabarlarni rad etib, ularni «feyk» deb atadi. «Tashqi ishlar vaziri matbuot kotibi bu kabi xabarlarni haqiqatga to‘g‘ri kelmasligini ta’kdlab, rad etdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekiston pozitsiyasi o‘zgarishsiz qolgan, bu yangiliklar — fake news», - dedi vazirlik rasmiysi. Avvalroq, The Kabul Times nashri Afg‘oniston muvaqqat hukumatining rasmiy vakili Zabihulloh Mujohidga tayanib, O‘zbekiston Afg‘onistonga 57 ta harbiy vertolyotni qaytarishga rozi bo‘lganini yozdi. «57 ta harbiy vertolyotning topshirilishi tez orada amalga oshishi kutilmoqda va Afg‘oniston havo kuchlarini qayta qurish, shuningdek, ikki qo‘shni davlat o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlashda muhim qadam bo‘ladi», - deya Mujohid so‘zlarini keltiradi nashr. Undan oldin Afghanistan International «yaqin kunlarda O‘zbekiston Afg‘onistonga 2021 yilda avvalgi rejim qulashi paytida mamlakatdan olib chiqilgan 57 ta harbiy vertolyotini qaytarishi mumkin»ligi haqida xabar bergandi. Biroq shu paytgacha faqat 46 ta harbiy samolyot va vertolyot muhokama qilingandi.

Teglar

Mavzuga oid