add

Tolibonga javobimiz Hindistonga bo‘lganidek bo‘ladi — Pokiston

12.10.2025 | 13:0226003

Pokiston ichki ishlar vaziri Muxsin Naqviy Tolibon kuchlarining so‘nggi harbiy hujumlarini keskin qoralab, ularning tinch aholiga qarshi o‘q uzishini «asossiz va xalqaro huquqqa zid» deb baholadi.

Tolibonga javobimiz Hindistonga bo‘lganidek bo‘ladi — Pokiston
Vazirlik bayonotida ta’kidlanishicha, afg‘on kuchlarining Pokiston fuqarolariga qarshi otishmasi xalqaro qonunlarning ochiq buzilishi hisoblanadi. Naqviyning ta’kidlashicha, «Afg‘oniston qon va olov bilan xavfli o‘yin boshlagan». Uning so‘zlariga ko‘ra, Pokiston bunday harakatlarga qattiq va mutanosib javob qaytaradi. «Agar ular har bir g‘ishtga zarba bersa, biz har bir g‘isht uchun tosh bilan javob beramiz», — dedi u bayonotida. Naqviy, shuningdek, «Pokistonning Afg‘onistonga javobi xuddi Hindistonga berilgan javob kabi bo‘ladi. Ular boshqacha yo‘l tutishga jur’at etolmasligi uchun qattiq chora ko‘riladi», — deb ta’kidladi. Mazkur bayonot Tolibonning chegara bo‘ylab Pokiston harbiy bazalariga qarshi o‘tkazgan «qasos operatsiyasi»dan so‘ng aytildi. Ayni paytda Afg‘oniston bilan Pokistonni bog‘lab turuvchi muhim chegara punkti — Torham — harbiy to‘qnashuvlar ortidan har qanday harakat uchun yopildi. Eslatib o‘tamiz, 12 oktyabr kuni kechasi o‘q va Pokiston chegarasida otishmalar boshlandi. Bu voqea «Tolibon» 10 oktyabrdagi portlashlar uchun Pokistonni ayblab, «oqibatlar» haqida ogohlantirganidan keyin yuz berdi. Janglar natijasida 12 nafar pokistonlik harbiy halok bo‘ldi, kamida ikki kishi yaralandi.

Teglar

Mavzuga oid