add

To‘qayev O‘zbekistonga tashrif buyuradi

Qozog‘iston prezidentiga ko‘ra, mamlakat xalqaro muammolarni hal etishda faol ishtirok etadi hamda qo‘shni davlatlar bilan ham, uzoq mamlakatlar bilan ham hamkorlikni qadrlamoqda.

To‘qayev O‘zbekistonga tashrif buyuradi
Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev yil yakunigacha Rossiya va O‘zbekistonga tashrif buyurishni rejalashtirmoqda. Bu haqda mahalliy nashrlar xabar berdi. «Yil oxirida Rossiya va O‘zbekistonga tashriflarim amalga oshiriladi, Ozarboyjon, Armaniston, Turkmaniston rahbarlarini Ostonada qabul qilishga tayyorgarlik ko‘rmoqdamiz, shuningdek, Osiyo va Yevropaning bir qator davlatlari rahbarlari bilan uchrashuvlar va muzokaralar rejalashtirilgan», — dedi To‘qayev. Bundan tashqari, prezident Qozog‘iston-AQSH muloqoti faol rivojlanayotgani va Yevropa Ittifoqi bilan ko‘p qirrali aloqalar olib borilayotganini alohida ta’kidladi. «Tez orada Nyu Yorkda bo‘lib o‘tadigan Bosh Assambleyaning yubiley sessiyasida nutq so‘zlamoqchiman, u yerda Qozog‘istonning xalqaro vaziyatga qarashlari, jumladan, Birlashgan Millatlar Tashkilotini isloh qilish bo‘yicha takliflar bilan tanishtiraman» , — deya qo‘shimcha qildi Qozog‘iston rahbari.

Teglar

Mavzuga oid

To‘qayev O‘zbekistonga tashrif buyuradi | Vaqt.uz