add

To‘rtta viloyatda sel xavfi e’lon qilindi

29.07.2025 | 19:2049323

30 iyuldan 1 avgustgacha kuchli yomg‘irlar tufayli Toshkent, Namangan, Farg‘ona va Andijon viloyatlarida sel-suv toshqini xavfi borligi aytildi.

To‘rtta viloyatda sel xavfi e’lon qilindi
«O‘zgidromet» ma’lumotlariga ko‘ra, 30 iyuldan 1 avgustgacha davom etadigan yomg‘irlar tufayli mamlakatning tog‘li va tog‘oldi hududlarida sel-suv toshqini xavfi mavjud. Bu ayniqsa to‘rtta viloyatda — Toshkent, Namangan, Farg‘ona va Andijonda juda dolzarb hisoblanmoqda. Toshkent viloyatining Ohangaron, Bo‘stonliq, Parkent, Piskent, O‘rtachirchiq, Yuqorichirchiq tumanlari hamda Angren va Olmaliq shaharlari xavfli hududlar sifatida belgilangan. Namangan viloyatida esa Pop, Kosonsoy, Chortoq, Chust, Namangan va Yangiqo‘rg‘on tumanlari sel xavfi yuqori bo‘lgan joylar sifatida qayd etilgan. Farg‘ona viloyatida So‘x, Shoximardon, Farg‘ona va Beshariq tumanlari, Andijon viloyatida esa Andijon, Asaka, Jalolquduq, Qo‘rg‘ontepa, Paxtaobod, Izboskan, Xo‘jaobod, Marhamat tumanlari hamda Xonabod shahrida sel kelishi mumkinligi aytilmoqda. Fuqarolar, dam oluvchilar va haydovchilardan ehtiyot choralarini ko‘rish so‘ralgan. Yomg‘ir suvlarining to‘planishi ba’zi hududlarda ko‘chalarni suv bosishiga ham olib kelishi mumkin. Shu bilan birga, hafta davomida respublika bo‘yicha harorat deyarli o‘zgarmasligi kutilmoqda. Harorat asosan 32–37 daraja atrofida, cho‘l va janubiy hududlarda esa 38–40 darajagacha issiq bo‘lishi mumkin.

Teglar

Mavzuga oid