add

Toshkent aeroportida uchib kelish zalidagi rekonstruksiyaning birinchi bosqichi yakunlandi

11.06.2025 | 16:559932

Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida uchib kelish zalida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli rekonstruksiya ishlarining birinchi bosqichi yakunlandi. Yangilangan va kengaytirilgan o‘ng qanot foydalanishga topshirildi.

Toshkent aeroportida uchib kelish zalidagi rekonstruksiyaning birinchi bosqichi yakunlandi
Rekonstruksiya natijasida uchib kelish zali 2100 metr kvadratga kengaydi, qo‘shimcha yuk lentasi o‘rnatildi, 120 o‘rinli kutish maydoni va shuncha o‘rinli avtoturargoh tashkil etildi. Shuningdek, taksi, shaxsiy avtomobil va avtobuslar uchun alohida yo‘lak barpo etildi — unda to‘xtash vaqti 10 daqiqani tashkil etadi. «Uzbekistan Airports» AJ ma’lumotlariga ko‘ra, terminal faoliyatini to‘xtatmasdan ish olib borish maqsadida rekonstruksiya ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda. Ob-havo va kunlik 200 ta reysga qaramasdan, qurilish uzluksiz davom etgan. Chap qanotni rekonstruksiya qilish ishlari esa ertangi kundan boshlanadi. Loyihaning ikkinchi bosqichi 2025 yil oxirigacha yakunlanishi rejalashtirilgan bo‘lib, unda yangi yuk tashish kamarlari, kafelar va do‘konlar joylashtiriladigan kutish maydonini yanada kengaytirish ko‘zda tutilgan. Yakuniy bosqichda esa kelish va jo‘nash zallari yagona terminal majmuasiga birlashtiriladi. Barcha ishlar yakunlangach, terminalning umumiy maydoni 10 000 metr kvadratdan oshib, soatiga 2400 yo‘lovchiga xizmat ko‘rsata oladigan darajaga yetishi kutilmoqda.

Teglar

Mavzuga oid