add

Toshkent havosida zararli moddalar me’yoridan 6 barobar oshdi

23.07.2025 | 12:004953

23-iyul kuni Toshkentda PM2,5 zarralar konsentratsiyasi JSST me’yoridan 5,8 barobar ko‘p bo‘ldi.

Toshkent havosida zararli moddalar me’yoridan 6 barobar oshdi
23 iyul kuni Toshkentda soat 10:00 holatiga ko‘ra havodagi PM2,5 zararli moddalar konsentratsiyasi deyarli 6 barobarga oshib ketdi. Bu ma’lumotni IQAir portali e’lon qildi. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tavsiyalariga ko‘ra, PM2,5 moddalari me’yoridan oshmasligi kerak. Biroq ayni paytda poytaxtning ayrim hududlarida havo sifati hassos aholi uchun nosog‘lom darajaga yetdi. Shuningdek, Toshkent havosining ifloslik darajasi bo‘yicha dunyoda 15-o‘rinni egalladi. PM2,5 — bu «Particulate Matter» (zarra moddalar) atamasining qisqartmasi bo‘lib, 2,5 mikrongacha bo‘lgan juda mayda zarralarni anglatadi. Ularning asosiy manbalari qurilish changlari, avtotransport gazlari, metall oksidlar, sulfat va nitrat birikmalari hisoblanadi. Mazkur zarralar nafaqat o‘pkaga, balki qon aylanish tizimiga ham kirib borishi mumkin. Shu bois ular ayniqsa bolalar, keksalar va homilador ayollar uchun katta xavf tug‘diradi. Mutasaddilar tomonidan havo sifati monitoringi davom ettirilayotgani ma’lum qilindi. Ekologlar esa havo ifloslanishining oldini olish choralari ko‘rilishi zarurligini ta’kidlamoqda.

Teglar

Mavzuga oid

Toshkent havosida zararli moddalar me’yoridan 6 barobar oshdi | Vaqt.uz