add

Toshkent issiqlik elektr markazi to‘liq tabiiy gazga o‘tdi

16.09.2025 | 19:4022683

Toshkent issiqlik elektr markazi mazutdan voz kechib, endi faqat tabiiy gazdan foydalanadi.

Toshkent issiqlik elektr markazi to‘liq tabiiy gazga o‘tdi
2024 yilda markazda quvvati 64 MW bo‘lgan gaz-turbinalari ishga tushirilishi natijasida yillik 515 mln kWh elektr va 630 Gkal issiqlik energiyasi ishlab chiqarilmoqda. Ekologik xavfsizlikni ta’minlash uchun markazdagi 3 ta gaz-turbinali qurilmalarga ekopostlar o‘rnatilgan. Ular yordamida atmosferaga chiqarilayotgan gazlar doimiy monitoring markazi tomonidan kuzatib boriladi hamda tahlil qilinadi. Markaz direktori Rasul Shamsiyevning ta’kidlashicha, korxona poytaxt aholisining 16 foiz issiqlik va 12 foiz elektr energiyasiga bo‘lgan ehtiyojini qoplaydi. Ishlab chiqarish jarayonida 70 foizga yaqin issiqlik energiyasi kogeneratsiya usulida olinadi. Shu bilan birga, elektr energiyasida yoqilg‘i sarfi 170 gramm, issiqlikda esa 175 kgni tashkil qiladi. «Markazimiz elektr va issiqlik energiyasini ishlab chiqarishda to‘liq tabiiy gazga moslashtirilgan. Endi mazut yoki boshqa turdagi yoqilg‘idan foydalanilmaydi», — dedi u. Loyiha Turkiyaning Iltekno kompaniyasi bilan hamkorlikda amalga oshirilgan bo‘lib, Chilonzor, Olmazor va Sergeli tumanlarida kogeneratsiya markazlari ishga tushirilgan. Ularda past bosimli gazdan ham energiya ishlab chiqarish imkoni yaratilgan. Kompaniya bunday texnologiyalarni yana yettita tumanda — Mirzo Ulug‘bek, Yunusobod, Shayxontohur, Uchtepa, Mirobod, Yashnobod va Yangixayotda joriy etishni rejalashtirmoqda. Fevral oyida prezident 2025 yil oxirigacha mamlakatdagi barcha korxonalarni mazutdan to‘liq voz kechishga qaratilgan topshiriq bergandi. Biroq iyulda Ilhom To‘rayev 2025–2026 yilgi mavsumda zaxira yoqilg‘i sifatida mazutdan foydalanish ehtimoli saqlanib qolishini bildirgan.

Teglar

Mavzuga oid