
Toshkent shahar prokuraturasiga yangi rahbar keldi
18.07.2025 | 18:2038612
Anvar O‘rmonov Toshkent shahar prokurori vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi. U ilgari poytaxt prokurorining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlagan, shuningdek, Shayxontohur va Sergeli tumanlari prokurori sifatida ham faoliyat yuritgan.

Ma’lum bo‘lishicha, Toshkent shahrida joriy yilning 15 iyul kunidan 15 avgust kuniga qadar «Xavfsiz va sog‘lom poytaxt» nomi ostida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarga qarshi kurash oyligi doirasida profilaktik tadbirlar o‘tkazilishi belgilangan. Shu munosabat bilan, o‘tkazilgan saf tayyorgarligida shahar prokurori vazifasini bajaruvchi Anvar O‘rmonov ham ishtirok etgan.
Eslatib o‘tamiz, 2023 yil yanvaridan beri Toshkent shahri prokurori lavozimida faoliyat yuritgan Erkin Yo‘ldoshev 2025 yil iyul oyida prezident administratsiyasi huzuridagi Komplayens xizmati boshlig‘i etib tayinlangan edi.





