add

Toshkent shahrida hujjatsiz 59 ta qurilish to‘xtatildi

27.07.2025 | 19:005533

Toshkent shahar hokimligi hujjatsiz qurilish ishlari va noqonuniy uy-joy savdolari ortida yuzaga kelayotgan muammolar haqida ogohlantirdi. Rasmiylarga ko‘ra, so‘nggi oylarda ko‘plab ob’ektlarda qonun talablariga rioya etilmagan holda qurilish boshlangan.

Toshkent shahrida hujjatsiz 59 ta qurilish to‘xtatildi
Hokimlik ma’lumotiga ko‘ra, ayrim quruvchilar zarur ruxsatnomalar, ekspertiza xulosalari va texnik hujjatlarsiz qurilish ishlarini boshlagan. Ushbu holatlar ko‘pincha uy-joylarni noqonuniy ravishda sotish maqsadida amalga oshirilgan. Natijada ayrim fuqarolar vijdonsiz kompaniyalar tufayli moliyaviy yo‘qotishlarga uchrab, uy-joysiz qolgan. Shu sababli shahar hokimligi nazorat organlari bilan hamkorlikda 59 ta hujjatsiz ob’ektda qurilishni to‘xtatdi va ularni elektr tarmog‘idan uzdi. Qurilish maydonlarida muntazam monitoring ishlari olib borilmoqda. Aniqlangan har bir holat yuzasidan huquqiy choralar ko‘rilmoqda. Toshkent shahar hokimligi aholini ko‘chmas mulk xarid qilishda ehtiyotkor bo‘lishga chaqirmoqda. Xususan: fuqarolardan xarid qilinayotgan uy-joyga oid barcha hujjatlarning asl nusxalarini talab qilish, ularni sinchkovlik bilan o‘rganish, pul mablag‘larini naqd yoki norasmiy yo‘llar orqali to‘lamaslik, shartnoma mazmunini to‘liq anglab imzolash tavsiya etilmoqda. Agar qurilish kompaniyasi yoki ob’ekt qonuniyligi borasida shubhalar tug‘ilsa, Toshkent shahar hokimligining rasmiy platformalari orqali murojaat qilish mumkin.

Teglar

Mavzuga oid

Toshkent shahrida hujjatsiz 59 ta qurilish to‘xtatildi | Vaqt.uz