add

Toshkent shahrida qariyb 11 mingta xorijiy korxona faoliyat yuritmoqda

O‘zbekistonda xorijiy investitsiya ishtirokidagi korxonalarning asosiy qismi Toshkent shahrida joylashgani ma’lum qilindi.

Toshkent shahrida qariyb 11 mingta xorijiy korxona faoliyat yuritmoqda

Milliy statistika qo‘mitasiga ko‘ra, 2025 yilning 1-oktabr holatida O‘zbekistonda 17 ming 188 ta xorijiy investitsiya ishtirokidagi korxona faoliyat yuritmoqda. Bu korxonalarning asosiy qismi Toshkent shahri hissasiga to‘g‘ri kelmoqda.

Qayd etilishicha, hududlar kesimida xorijiy investitsiyali korxonalarning 10 ming 962 tasi Toshkent shahrida joylashgan. Bu umumiy korxonalarning deyarli uchdan ikki qismini tashkil etadi. Keyingi o‘rinlarda Toshkent viloyati (2 174 ta) va Samarqand viloyati (643 ta) qayd etilgan.

Shuningdek, Farg‘onada 589 ta, Surxondaryoda 482 ta, Andijonda 393 ta, Buxoroda 351 ta, Navoiyda 299 ta, Sirdaryoda 268 ta, Namanganda 245 ta, Jizzaxda 240 ta, Qashqadaryoda 157 ta va Xorazm viloyatida 188 ta xorijiy sarmoya ishtirokidagi korxona faoliyat yuritmoqda. Qoraqalpog‘iston Respublikasida esa 197 ta shunday korxona mavjud.

Ma’lumot uchun, xorijiy kapital ishtirokidagi kompaniyalar orasida Xitoy ishtirokidagi korxonalar soni 4 570 tani tashkil etmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda elektron xizmatlar ko‘rsatuvchi 73 ta xorijiy kompaniya tomonidan 2025 yilning yanvar–sentabr oylarida 124,8 mlrd so‘m soliq to‘langani haqida xabar bergan edik.

Teglar

Mavzuga oid

Toshkent shahrida qariyb 11 mingta xorijiy korxona faoliyat yuritmoqda | Vaqt.uz