add

Toshkent shahriga Qozog‘istondan qum to‘zonlari yopirilib kelmoqdami? O‘zgidromet javob berdi

25.09.2025 | 23:4019192

Qozog‘istonning Qizil-O‘rda viloyatida soat 17:00 da 15-20 m/s tezlikda shamol esgan, ko‘rish masofasi 10 kmni tashkil etgan.

Toshkent shahriga Qozog‘istondan qum to‘zonlari yopirilib kelmoqdami? O‘zgidromet javob berdi
Ijtimoiy tarmoqlarda Qozog‘iston cho‘llarida anchadan beri yog‘ingarchilik bo‘lmayotgani va so‘nggi kunlarda kuchli shamol kuzatilayotgani sababli Toshkent shahriga qum to‘zonlari yopirilib kelyotgani haqida tarqagan xabarlarga O‘zgidromet munosabat bildirdi. Ma’lumotga ko‘ra, Qozog‘istonning Qizil-O‘rda viloyatida soat 17:00 da 15-20 m/s tezlikda shamol esgan, ko‘rish masofasi 10 kmni tashkil etgan. Qozog‘iston ustidagi havo massalari Toshkentga ta’sirini ko‘rsatmaydi. 2025 yil 25 sentyabr kuni soat 23:00 da shamolning tezligi 10-12 m/s, 26 sentyabr kuni soat 2:00 da shamolning tezligi 7-10 m/sni tashkil etishi kutilmoqda. Prognoz ma’lumotlariga ko‘ra, kechasi Qozog‘istonda shamol kuchayadi. Shuningdek, 26 sentyabr kuni prognozlarga ko‘ra, Toshkent shahrida shamol tezligi 3-8 m/sdan 10-12 m/s gacha kuchayishi, ba’zi joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi ehtimoli mavjud.

Teglar

Mavzuga oid

Toshkent shahriga Qozog‘istondan qum to‘zonlari yopirilib kelmoqdami? O‘zgidromet javob berdi | Vaqt.uz