add

Toshkent va Yangi Toshkent uchun «yechimlar atlasi» taqdim etildi

10.07.2025 | 11:0029523

Prezident Toshkent va Yangi Toshkent shaharlarini rivojlantirish bo‘yicha yangi loyiha — «yechimlar atlasi» bilan tanishdi. Ushbu hujjat poytaxtning tashqi qiyofasini yaxshilash, zamonaviy infratuzilmani shakllantirish va jamoat maskanlarini uyg‘un rivojlantirishni ko‘zda tutadi.

Toshkent va Yangi Toshkent uchun «yechimlar atlasi» taqdim etildi
«Yechimlar atlasi» Toshkentning 2045 yilgacha mo‘ljallangan bosh rejasining mantiqiy davomi hisoblanadi. Unda shahar ko‘chalari, binolarning fasadi va atrof muhitni yagona me’moriy uslubda rivojlantirish bo‘yicha umumiy qoidalar belgilangan. Hujjat to‘plami beshta alohida kitobdan iborat bo‘lib, qurilish, loyiha va foydalanish jarayonlaridagi talablarni qamrab oladi. Taqdimot chog‘ida «binodan binogacha» tamoyilini qo‘llash zarurligi alohida ta’kidlandi. Bu usul orqali yo‘llar faqat harakat qismi bilan emas, balki atrofi bilan birga yaxlit va tartibli holda qayta quriladi. Natijada shaharning ko‘chalari nafaqat qulay, balki estetik jihatdan ham tartibli ko‘rinish kasb etadi. Loyiha doirasida milliy uslubni saqlagan holda ekologik barqarorlikni ta’minlovchi yechimlarga ustuvor ahamiyat beriladi. Yangi atlas shaharsozlikda xato va beqaror yechimlarning oldini olishga xizmat qilishi kutilmoqda. Bu tashabbus Toshkent va Yangi Toshkentni nafaqat hududiy, balki madaniy va ekologik jihatdan ham yanada jozibador va yashash uchun qulay shaharga aylantirishga qaratilgan.

Teglar

Mavzuga oid