add

Toshkent viloyati hokimligi Sea Breeze Uzbekistan qurilishiga rasmiy izoh berdi

05.08.2025 | 20:4015963

Toshkent viloyati hokimligi Sea Breeze Uzbekistan loyihasini yangi ish o‘rinlari yaratilishi va turizm daromadlarining ko‘payishi bilan oqlamoqda.

Toshkent viloyati hokimligi Sea Breeze Uzbekistan qurilishiga rasmiy izoh berdi
Toshkent viloyati hokimligi Sea Breeze Uzbekistan kurortining Chorvoqda qurilishi bo‘yicha rasmiy bayonot bilan chiqdi. Unda ta’kidlanishicha, Bo‘stonliq tumani mamlakatdagi eng muhim turistik hududlardan biri hisoblanadi. 2024 yilda mazkur tumanni 12 milliondan ziyod sayyohlar ziyorat qilgan, ularning qariyb 300 ming nafari xorijiy fuqarolar bo‘lgan. Bu ko‘rsatkichlar hudud infratuzilmasi imkoniyatlaridan to‘rt barobar ortiq ekani qayd etilgan. Hokimiyatga ko‘ra, o‘tgan yili Bo‘stonliqda turizm eksporti $325 mlnni tashkil etgan. Bu yilning o‘zida tumanga 230 ming xorijiy sayyoh tashrif buyurgan. Yangi turistik mega-loyiha orqali bu summa 500 million dollargacha oshirilishi rejalashtirilgan. Bayonotda loyiha amalga oshirilishi natijasida 10 mingdan ziyod yangi ish o‘rni yaratilishi, xorijiy turistlar soni yillik 5 milliongacha yetishi va eksport salohiyati sezilarli darajada ortishi ma’lum qilingan. Shuningdek, hokimiyat loyiha atrofidagi ekologik, qurilish, kadastr va sanitariya talablariga qat’iy amal qilinishini va monitoring ochiq o‘tkazilishini kafolatlagan. Yer uchastkalarini ajratish, ijaraga berish va mulk huquqlarini tan olish masalalarida fuqarolarga qonuniy kompensatsiyalar to‘lanishi ta’kidlangan. Bundan tashqari, viloyat hokimligi respublikaning amaldagi qonunchiligini buzishga, atrof-muhitga yoki jamoat manfaatlariga har qanday zarar yetkazishga uringanlarga nisbatan keskin choralar ko‘rilishini ta’kidlagan.

Teglar

Mavzuga oid

Toshkent viloyati hokimligi Sea Breeze Uzbekistan qurilishiga rasmiy izoh berdi | Vaqt.uz