add

Toshkent viloyatida bir nechta hibsxona yopildi

27.08.2025 | 10:2026352

Ombudsman tashabbusi bilan o‘tkazilgan monitoringlar natijasida Toshkent viloyatidagi bir qator vaqtincha saqlash hibsxonalari faoliyati to‘xtatildi.

Toshkent viloyatida bir nechta hibsxona yopildi
2025 yil iyun oyida Ombudsmanning mintaqaviy vakili va jamoatchilik guruhlari tomonidan Quyichirchiq va Chinoz tumanlari IIB hibsxonalariga tashrif uyushtirilib, qator kamchiliklar aniqlangan edi. Ular yuzasidan Ichki ishlar vazirligiga rasmiy taqdimnoma kiritilgan. Ma’lumotlarga ko‘ra, Quyichirchiq tumani hibsxonasida ventilyatsiya tizimi, radioeshittirish qurilmalari o‘rnatilib, kameralar zarur jihozlar bilan ta’minlandi. Shuningdek, sayr hovlisi va sanitariya nuqtalari ta’mirlanib, gigiyena talablariga moslashtirildi. Biroq sanitariya va gigiyena qoidalariga zid holatlar tufayli Chinoz, Qibray va Yuqorichirchiq tumanlaridagi vaqtincha saqlash hibsxonalari faoliyati Ichki ishlar vazirining 2025 yil 21 iyuldagi buyrug‘i bilan to‘xtatildi. Mutasaddilarning ta’kidlashicha, ushbu choralar shaxslarni saqlash sharoitlarini qonunchilik va inson huquqlari talablariga moslashtirishga qaratilgan. Avvalroq O‘zbekiston qamoqxonalarida «Ombudsman quti»lari o‘rnatilib, mahkumlarga o‘z shikoyat va murojaatlarini xavfsiz, maxfiy va to‘siqsiz yetkazish imkoni yaratilgani haqida xabar bergan edik.

Teglar

Mavzuga oid