add

Toshkentda 10–11-sinf o‘quvchilari kamera orqali kuzatiladi

30.08.2025 | 11:0031722

Poytaxt maktablarida yuqori sinf o‘quvchilarini nazorat qilish maqsadida maxsus dastur va kameralar joriy etish rejalashtirilmoqda.

Toshkentda 10–11-sinf o‘quvchilari kamera orqali kuzatiladi
Toshkent shahar hokimi qaroriga ko‘ra, 10 va 11-sinf o‘quvchilari uchun «Smart School» elektron dasturi asosida maxsus kuzatuv tizimi yo‘lga qo‘yiladi. Dastur avval amaliyot tariqasida Olmazor tumanida joriy etiladi. Unga ko‘ra, 31 ta umumta’lim maktabidagi 250 ta sinfda kameralar o‘rnatiladi. Maxsus texnologiya orqali sinflarda davomat doimiy nazorat qilinadi, o‘quvchilarning fanlarga qiziqishi o‘rganiladi. Shuningdek, sun’iy intellekt yordamida o‘quvchilarning ruhiy holati tahlil qilinib, o‘qituvchilarning pedagogik salohiyati baholanadi. Hujjatga ko‘ra, kuzatuv tizimini o‘rnatish xarajatlari tuman mahalliy byudjetidan qoplanadi. Loyiha maktablarda ta’lim sifati va tarbiya samaradorligini oshirishga qaratilgan. Ma’lum qilinishicha, mazkur taklif Toshkent shahar hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari tomonidan ilgari surilgan. Hozirda dasturning boshlang‘ich bosqichi bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.

Teglar

Mavzuga oid