
Toshkentda 150 yil ichidagi eng issiq kun kuzatildi
05.07.2025 | 22:3043732
Kecha Toshkentda 4 iyul uchun so‘nggi 150 yilda qayd etilgan eng yuqori harorat rekordi yangilandi. Bu haqda Uzb.Meteo tahliliy portali O‘zgidromet ma’lumotlariga tayanib xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, «Toshkent-Observatoriya» meteostansiyasida havo harorati +43.5 darajaga yetgan. Bu ko‘rsatkich 1868 yildan buyon aynan shu sanada qayd etilgan eng yuqori harorat sifatida ro‘yxatga olindi.
Ta’kidlanishicha, poytaxtda kuzatuvlar tarixidagi mutlaq rekord 1997 yil 18 iyulda kuzatilgan bo‘lib, o‘shanda termometr ustunchasi +44.6 darajagacha ko‘tarilgan.
Kecha qayd etilgan harorat ushbu rekorddan 1 daraja kam bo‘lsa-da, 4 iyul uchun alohida rekord sifatida qayd etildi. Mutasaddilarning ta’kidlashicha, havo harorati yuqori bo‘lib qolayotgani fonida aholi sog‘ligi va xavfsizligi bo‘yicha ehtiyot choralariga amal qilish zarur.
Bunday issiq ob-havo nafaqat aholi turmushiga, balki shahar infratuzilmasiga ham salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Mutassaddilar sog‘liqni saqlash va energetika sohalarida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xavflarga tayyor turishga chaqirmoqda.





