add

Toshkentda 19 yoshli qiz harakatdagi mashinadan sakrab tushdi

08.07.2025 | 11:0022532

Mirzo Ulug‘bek tumanida 19 yoshli qiz «Nexia» avtomashinasidan harakat vaqtida yo‘lga sakrab tushdi. Hodisa ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamaga sabab bo‘ldi. Rasmiylar voqeaga oydinlik kiritdi.

Toshkentda 19 yoshli qiz harakatdagi mashinadan sakrab tushdi
7 iyul kuni taxminan soat 11:00 larda Toshkent shahri Mirzo Ulug‘bek tumanida noodatiy yo‘l-transport voqeasi sodir bo‘ldi. 2001 yilda tug‘ilgan X.A. boshqaruvidagi «Nexia» rusumli avtomashinada uning tanishi — 2006 yilda tug‘ilgan B.J. ham harakatlanayotgan bo‘lgan. Ichki ishlar ma’lumotlariga ko‘ra, ular o‘rtasidagi kelishmovchilik ortidan B.J. mashina eshigini ochib, yo‘lga sakrab tushgan. Hududda navbatchilik qilayotgan IIO xodimlari jabrlanuvchiga darhol birinchi yordam ko‘rsatishgan va uni shifoxonaga yetkazishgan. Shifokorlar tomonidan qizning peshonasi va chap yonoq sohasida lat yetish va teri osti gematomasi aniqlangan. Ayni paytda ushbu holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv olib borilmoqda. Tekshiruv natijalari asosida qonuniy qaror qabul qilinishi belgilangan. Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan, go‘yoki qiz o‘g‘irlangani haqidagi xabarlar rasmiylar tomonidan rad etildi. Tegishli idoralar fuqarolarni faktik asosga ega bo‘lmagan va tekshirilmagan ma’lumotlarni tarqatmaslikka chaqirmoqda.

Teglar

Mavzuga oid