add

Toshkentda 26 ta ko‘cha tunu-kun ishlaydigan maskanga aylantiriladi

10.07.2025 | 17:3032493

Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkentdagi sanoat va turizm salohiyatini baholar ekan, 26 ta ko‘chani tunu-kun ishlaydigan gavjum maskanga aylantirish rejasini ma’lum qildi. Bu tashabbus savdo, xizmat ko‘rsatish va gastroturizm sohasini rivojlantirishni ko‘zlaydi.

Toshkentda 26 ta ko‘cha tunu-kun ishlaydigan maskanga aylantiriladi
Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahridagi Shayxontohur va Chilonzor tumanlariga amalga oshirgan tashrifi chog‘ida qurilish ishlari, aholining yashash sharoitlari hamda sanoat korxonalari faoliyati bilan tanishdi. Bu tumanlarni bog‘lab turuvchi Bunyodkor ko‘chasi turistik va xizmat ko‘rsatish markaziga aylantirilishi nazarda tutilmoqda. Bunyodkor ko‘chasining 1,5 km qismi gastroturizm va tunu-kun ishlaydigan xizmat ko‘rsatish hududiga aylantirildi. Bu yerda 90 ta tadbirkorlik sub’ekti faoliyat yuritmoqda, shundan 45 tasi yangidan tashkil etilgan. Tashabbus tufayli 500 nafar inson doimiy ish o‘rniga ega bo‘ldi. Hozirda bu hududga yiliga 255 ming mehmon tashrif buyurmoqda. Yangi infratuzilma va imkoniyatlar orqali bu ko‘rsatkichni 1 millionga yetkazish rejalashtirilmoqda. Davlat rahbari ushbu ko‘chalarni poytaxt turizm halqasiga ulash orqali gastronomik va madaniy turizmni jonlantirish maqsadida qo‘shimcha chora-tadbirlar belgilab o‘tdi. Hozirgacha Mirobod, Olmazor, Chilonzor, Yakkasaroy va Yangihayot tumanlarida shunday tunu-kun ishlaydigan ko‘chalar tashkil etilgan. Yangi tashabbus doirasida Toshkent shahridagi 26 ta ko‘chada 24 soat ishlaydigan savdo nuqtalari sonini mingtagacha oshirish ham nazarda tutilgan. Shuningdek, zamonaviy bekatlar va avtoturargohlar qurilishi rejalashtirilmoqda.

Teglar

Mavzuga oid