add

Toshkentda 4 kishi mashina yonishi oqibatida jarohat oldi

21.07.2025 | 11:0045472

20 iyul kuni kechqurun Toshkentning Chilonzor tumanida Cobalt rusumli avtomobilda yong‘in sodir bo‘lgan. Oqibatda to‘rt nafar fuqaro kuyish tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan.

Toshkentda 4 kishi mashina yonishi oqibatida jarohat oldi
20 iyul kuni soat 22:57 da Toshkent shahri Chilonzor tumanida joylashgan Kichik halqa yo‘li ko‘chasida avtomobilda yong‘in sodir bo‘layotgani haqida Toshkent shahar FVBga xabar kelib tushgan. Yong‘in-qutqaruv ekipajlari soat 23:05 da aytilgan manzilga yetib borgan va soat 23:07 da yong‘in to‘liq o‘chirilgan. Hodisa juda qisqa vaqt ichida bartaraf etilgan bo‘lsa-da, odamlar jarohatsiz qolmagan. Ayni paytda yong‘inning kelib chiqish sabablari o‘rganilmoqda. Hodisaga nima sabab bo‘lgani bo‘yicha rasmiy ma’lumotlar hozircha e’lon qilinmadi. Mutasaddi idoralar tomonidan tekshiruv ishlari olib borilmoqda. Favqulodda vaziyatlar vazirligi aholini avtomobillarda yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya qilishga chaqiradi. Bu kabi holatlar inson hayoti uchun jiddiy xavf tug‘dirishi mumkin.

Teglar

Mavzuga oid

Toshkentda 4 kishi mashina yonishi oqibatida jarohat oldi | Vaqt.uz