add

Toshkentda aholidan 3 mlrd so‘m o‘g‘irlagan guruh qo‘lga olindi

03.09.2025 | 13:0045852

«Xavfsiz kiberhudud» tezkor tadbirlari davomida «.apk» virusli dasturi orqali odamlar pulini o‘marib kelgan jinoiy to‘da qo‘lga olindi.

Toshkentda aholidan 3 mlrd so‘m o‘g‘irlagan guruh qo‘lga olindi
Tergov natijasida guruh 133 dan ortiq fuqaroning mablag‘larini o‘g‘irlagani aniqlandi. O‘g‘irlangan pullar umumiy qiymati taxminan 3 mlrd so‘mni tashkil etgan. Kiberxavfsizlik markazi ma’lumoticha, dastur orqali SMS va qo‘ng‘iroqlar nazorat qilingan, shu orqali bank kartalariga bog‘liq ma’lumotlar ham qo‘lga kiritilgan. Ushbu dasturlar 11 nafar turli davlat fuqarolari ishtirok etgan Telegram-guruhlarga ulangani qayd etilgan. Huquqni muhofaza qilish organlari ma’lumotlariga ko‘ra, ushbu shaxslarning uylaridan mobil qurilmalar va dalillar olingan. Ularga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Voqeaga oid tergov ishlari hozirda davom etmoqda. Mutasaddilar fuqarolarni shubhali dasturlarni yuklab olmaslikka va shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilishga chaqirmoqda.

Teglar

Mavzuga oid