add

Toshkentda elektrobus 18 yoshli qizni urib yubordi

22.09.2025 | 18:2040104

Yo‘l-transport hodisasi Yangihayot tumani Choshtepa ko‘chasida sodir bo‘lgan. Yana bir shunday holat esa Yakkasaroy tumanidagi KHAY ko‘chasida yuz bergan. Har ikki holatdagi jabrlanuvchilar jiddiy jarohatlar bilan shifoxonaga joylashtirilgan.

Toshkentda elektrobus 18 yoshli qizni urib yubordi
19 sentyabr kuni soat 07:00 larda Toshkent shahri Yangihayot tumani Choshtepa ko‘chasida Yutong rusumli 57-sonli elektrobus bekat hududidan o‘tayotgan piyodani urib yuborgan. YHXB ma’lumotlariga ko‘ra, jabrlanuvchi 2007 yilda tug‘ilgan, 18 yoshli qiz bo‘lgan. Unga hodisa joyidayoq birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilgan va Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markaziga olib borilgan. Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videoda piyoda quloqchin taqqan holda yo‘lga chiqqani aks etgan. Shu sababli u avtobusni payqamay, uning g‘ildiragi ostida qolib ketgan. Hozirda holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda Shundan bir kun oldin, 18 sentyabr kuni soat 18:51 larda poytaxtning Yakkasaroy tumanidagi KHAY ko‘chasida yana bir YTH sodir bo‘lgan. 62-avtobus haydovchisi tiqilinchdan qochish maqsadida tez yordam uchun ajratilgan yo‘lakda 53 km/h tezlikda harakatlangan va yo‘lni kesib o‘tayotgan piyodani urib yubordi. Tarmoqlarda tarqalgan videoda yo‘lovchi shundan so‘ng bir necha metrga yumalab ketganini ko‘rish mumkin. Jabrlanuvchi tirik qolgan. Ammo jiddiy jarohatlar bilan Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markaziga yetkazilgan. Avtobus haydovchilarining bunday shoshilishiga sabab tirbandliklar oshgani va jamoat transport vositalari o‘z vaqtida reyslariga yetib borolmayotgani sabab kechqurun reyslarini olib tashlayotgani, olib tashlasa, oylik maoshlari to‘liq chiqmayotganligi bilan bog‘liqligi aytilmoqda. «Toshshahartransxizmat» AJ izohida poytaxtdagi barcha 163 ta avtobus yo‘nalishi hujjatlar bilan tasdiqlangani, ammo tirbandliklar sabab qatnov vaqti va intervallarda uzilishlar bo‘layotganini ma’lum qildi. Korxona kechikishlar haydovchiga bog‘liq bo‘lmagan holatlarda tegishli hujjatlar asosida hisobga olinishini qayd etdi. Ikki hodisa yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda. Hokimiyat organlari haydovchilarni yo‘l qoidalariga qat’iy rioya qilishga, piyodalarni esa yo‘lni kesib o‘tishda ehtiyotkor bo‘lish va elektron qurilmalarga chalg‘imaslikka chaqirmoqda.

Teglar

Mavzuga oid