add

Toshkentda energetika haftaligi qizg‘in davom etmoqda

14.05.2025 | 19:4419343

Toshkent shahrida O‘zbekiston energetika haftaligi — UEW 2025ning ikkinchi kuni o‘tmoqda. Bu tadbir nafaqat innovatsiyalar, balki xalqaro hamkorlik imkoniyatlarini ham namoyon qilmoqda.

Toshkentda energetika haftaligi qizg‘in davom etmoqda
Toshkentda energetika sohasidagi yirik xalqaro tadbir — O‘zbekiston energetika haftaligi (UEW 2025)ning ikkinchi kuni bo‘lib o‘tdi. Energetika vazirligi va «O‘zbekneftgaz» AJ tashabbusi bilan o‘tkazilayotgan ushbu haftalik yoqilg‘i-energetika sektorini rivojlantirish, mintaqaviy va xalqaro hamkorlikni mustahkamlashda muhim maydon hisoblanadi. UEW 2025 doirasida bir nechta yirik ko‘rgazma va forumlar tashkil etilmoqda. Bular sirasiga «O‘zbekiston neft va gazi – OGU 2025», «Power Uzbekistan 2025» hamda «Yashil energiya va tejamkor texnologiyalar – GETCA 2025» kabilar kiradi. Ularning barchasi energetika sohasidagi innovatsiya, texnologiyalar va investitsiya loyihalariga bag‘ishlangan. Forumda 30 dan ortiq mamlakatdan 465 ta kompaniya, 90 dan ziyod spiker va 1420 nafar delegat qatnashmoqda. Asosiy ekspozitsiya maydonlarini Xitoy kompaniyalari egallagan. Shuningdek, Rossiya va Turkiya kompaniyalari ham faol ishtirok etmoqda. Tadbir doirasida yoshlar o‘rtasida «Zakovat» intellektual o‘yini tashkil etildi. UEW 2025 nafaqat sohaning zamonaviy yechimlarini ko‘rsatmoqda, balki kelajak energetikasi uchun yangi tashabbuslarni muhokama qilish imkonini ham bermoqda.    

Teglar

Mavzuga oid