add

Toshkentda har bir tumanda maxsus ko‘chatxonalar tashkil etiladi

22.07.2025 | 11:4513163

Shahar bo‘yicha 574 mingdan ziyod buta ko‘chati yetishtirish rejalashtirilgan. Ko‘chatxonalarda parvarish, qo‘riqlash va kasalliklarga qarshi choralar amalga oshiriladi.

Toshkentda har bir tumanda maxsus ko‘chatxonalar tashkil etiladi
Toshkent shahar hokimi 2025 yil 17 iyulda har bir tumanda gullaydigan buta ko‘chatlarini qalamcha va urug‘lardan ko‘paytirish uchun maxsus ko‘chatxonalar tashkil etish haqida farmoyish imzoladi. Hujjatga ko‘ra, har bir tumanda kamida 100 metr kvadrat maydon ajratilib, to‘liq agrotexnik jihozlar bilan ta’minlangan ko‘chatxonalar tashkil etiladi. Ushbu ko‘chatxonalarda bo‘ta ko‘chatlari qalamcha va urug‘lardan yetishtiriladi. Ular stellajlar, mineral va organik o‘g‘itlar, maxsus agrotexnika vositalari bilan jihozlanadi. Shuningdek, ko‘chatlarning o‘sishi va sog‘lom saqlanishi uchun muntazam parvarish, qo‘riqlash hamda zararkunandalar va kasalliklarga qarshi kurash tadbirlari amalga oshiriladi. Sergeli tumanida joylashgan «Manzarali bog‘dorchilik va gulchilik» MCHJ hududida ham ushbu yo‘nalishda keng ko‘lamli ishlarni tashkil etish rejalashtirilgan. Farmoyishga ilova qilingan taqsimot dasturiga muvofiq, Toshkent shahri bo‘yicha jami 574 450 dona buta ko‘chati yetishtiriladi. Ularni yetishtirish jarayonida butalarning qalamchalari o‘z vaqtida tozalanadi, o‘g‘itlar bilan ta’minlanadi va kasalliklarni oldini olish ishlari amalga oshiriladi. Toshkent shahar hokimligi tasdiqlagan reja doirasida shahar obodonchiligi va ekologik holatini yaxshilash maqsadida ko‘chat yetishtirish va parvarishi doimiy va tizimli ravishda yo‘lga qo‘yiladi.

Teglar

Mavzuga oid