add

Toshkentda issiqlik ta’minoti uchun yangi tariflar tasdiqlandi

27.10.2025 | 21:448821

Issiqlik ta’minoti xizmatlari uchun tariflar aholiga 15 foizga oshirildi.

Toshkentda issiqlik ta’minoti uchun yangi tariflar tasdiqlandi

Bugun, 27 oktyabr kuni Toshkent shahar hokimi Shavkat Umurzakov tomonidan imzolangan qarorga ko‘ra, «Veolia Energy Tashkent» MCHJ qo‘shma korxonasi tomonidan ko‘rsatiladigan markazlashgan issiqlik ta’minoti xizmatlari uchun yangi tariflar belgilandi.

Yangi hisob-kitoblarga ko‘ra, aholi uchun issiqlik ta’minoti xizmati narxi qo‘shilgan qiymat solig‘isiz 139 860 so‘m/Gkal etib belgilandi. Shu bilan birga, bazaviy tarif 711 641 so‘m, byudjet tashkilotlari uchun 952 797 so‘m, boshqa ulgurji xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlar uchun esa 342 296 so‘m qilib belgilandi.

Qaror rasmiy e’lon qilingan kundan (27 oktyabr) e’tiboran kuchga kirishi ta’kidlangan. Ammo qonunchilikka ko‘ra, kommunal to‘lovlar narxi oshadigan bo‘lsa, bu haqda 15 kun oldin OAV orqali xabar berilishi kerak.

Teglar

Mavzuga oid

Toshkentda issiqlik ta’minoti uchun yangi tariflar tasdiqlandi | Vaqt.uz