add

Toshkentda issiqlik tizimi 3-noyabrdan bosqichma-bosqich ishga tushiriladi

Shahar hokimi qaroriga ko‘ra, ijtimoiy obyektlarda issiqlik ta’minoti 3-noyabrdan, turar joy binolarida esa 5-noyabrdan boshlab yo‘lga qo‘yiladi. Bu haqda shahar hokimligi ma’lum qildi.

Toshkentda issiqlik tizimi 3-noyabrdan bosqichma-bosqich ishga tushiriladi

Meteorologik xizmat ma’lumotlariga asosan, Toshkent shahar hokimining qarori bilan 2025-yilgi issiqlik mavsumi 3 noyabrdan boshlanadi. Bu haqda poytaxt hokimligi axborot xizmati xabar berdi.

3-noyabrdan e’tiboran maktab, bolalar bog‘chasi, shifoxona kabi ijtimoiy obyektlarda markazlashgan issiqlik ta’minoti yo‘lga qo‘yiladi.

Turar joy binolarida esa issiqlik tizimi 5-noyabrdan ishga tushiriladi. Hokimlik aholidan va korxona hamda muassasalar rahbarlaridan ushbu jarayonda hamkorlik qilishni, tizim ishga tushirilayotganda aniqlangan nosozliklar yoki muammolar haqida zudlik bilan xabar berishni so‘ramoqda.

«Sizning turar-joyingizda yoki rahbarlik qilayotgan muassasangizda issiqlik ta’minoti yoqilishi jarayonida biror-bir muammo va nosozliklarni aniqlasangiz yoki issiqlik yetkazib beruvchi tashkilot, XUJMSH va BSK rahbarlari yoki mutasaddilari tomonidan belgilangan ishlarni to‘laqonli amalga oshirilmayotganligining guvohi bo‘lsangiz 1055  yoki (71) 210-01-87 raqamlariga yoki ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizga murojaat qilishingizni so‘raymiz», — deyiladi rasmiy xabarda.

Toshkent shahar hokimligi ma’lum qilishicha, fuqarolarning bunday faol ishtiroki issiqlik ta’minoti tizimidagi mavjud kamchiliklarni o‘z vaqtida aniqlash va bartaraf etishga katta yordam beradi. Buning natijasida mavsum davomida barcha obyektlarda barqaror issiqlik ta’minlanadi.

2024-yilda poytaxtda issiqlik ta’minoti 7-noyabrda ishga tushirilgan edi.

Teglar

Mavzuga oid

Toshkentda issiqlik tizimi 3-noyabrdan bosqichma-bosqich ishga tushiriladi | Vaqt.uz