add

Toshkentda jurnalistlar IIBga olib ketildi

23.10.2025 | 16:2018381

Taftish.uz internet nashri jurnalistlari va video operatori fuqarolar murojaatini o‘rganishga borganda IIO FMBga olib ketilgan.

Toshkentda jurnalistlar IIBga olib ketildi

Bugun, 23 oktyabr kuni Taftish.uz internet nashri jurnalistlari Yunusobod tumani IIO FMB xodimlari tomonidan olib ketilgan. Bu haqda nashr bayonotida keltirilgan.

Qayd etilishicha, jurnalistlar Marjona Eshquvvatova, Azizibek Yuldashev va nashrning video operatori Ulug‘bek Mamatqulov — fuqarolarning rasmiy murojaati asosida Toshkent shahri Yunusobod tumaniga jurnalistik tekshiruv o‘tkazish maqsadida borgan. Shu payt Yunusobod tumani IIO FMBning o‘zini tanishtirmagan xodimlari tomonidan «zo‘ravonlik bilan va asossiz ravishda» IIO FMBga olib ketilgan.

«Jrnalistlar fuqarolarning rasmiy murojaati asosida joyiga chiqqan. Shunday ekan, bu voqea — fuqarolarning shikoyatlarida tilga olingan ayrim mansabdor shaxslar yoki davlat idoralari vakillarining bosimi natijasi bo‘lishi mumkin», - deyiladi bayonotda.

Holat yuzasidan Bosh prokuratura va Ichki ishlar vazirligi rasmiy axborot bermadi.

Tekshiruv jarayonida nashrga tegishli video va foto texnika vositalarining bir qismi sindirib tashlangan, shuningdek, jurnalistlarning qo‘l telefonlari noqonuniy ravishda olib qo‘yilgan.

Teglar

Mavzuga oid