add

Toshkentda masjid qurilishi bahonasida pul yig‘ganlar ushlandi

07.07.2025 | 19:2015072

Toshkent shahar IIBBga ko‘ra, ular fuqarolardan intervyu olish bahonasida firibgarlik yo‘li bilan pul yig‘gan.

Toshkentda masjid qurilishi bahonasida pul yig‘ganlar ushlandi
Toshkent shahrida masjid qurilishi va nogironlarga ko‘maklashish bahonasida pul to‘plagan yigitlar qo‘lga olindi. Bu haqda poytaxt IIBB ma’lum qildi. Qayd etilishicha, 5 iyul kuni Chilonzor tumanidagi bog‘larning birida, 2004 yilda tug‘ilgan Sh.S., 2001 yilda tug‘ilgan S.S. va 2004 yilda tug‘ilgan T.A.lar fuqarolar bilan intervyu olish bahonasida suhbatlashib, ulardan firibgarlik yo‘li bilan masjid qurilishi, nogironlarga yordam kabi bahonalarni ishlatib pul yig‘ayotganlari ma’lum bo‘lgan. Ko‘rilgan chora-tadbirlar natijasida ushbu fuqarolarning shaxsi aniqlangan va ulardan ashyoviy dalil sifatida pul mablag‘lari xolislar ishtirokida rasmiylashtirib olingan. «Hozirda mazkur holat yuzasidan Chilonzor tumani IIO FMB tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilmoqda. Tekshiruv yakuni bo‘yicha qonuniy qaror qabul qilinishi ta’minlanadi», - deyiladi xabarda.

Mavzuga oid