add

Toshkentda piyodalar xavfsizligi uchun 2 mlrd so‘mdan ortiq mablag‘ ajratiladi

Toshkent shahar hokimi Shavkat Umrzoqov joriy yilning 20 may kuni «Mablag‘ ajratish to‘g‘risida»gi qarorni imzoladi. Qarorga muvofiq, shahar bo‘yicha piyodalar o‘tish joylarini yaxshilash va yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash ishlariga 2 milliard so‘mdan ortiq mablag‘ yo‘naltiriladi.

Toshkentda piyodalar xavfsizligi uchun 2 mlrd so‘mdan ortiq mablag‘ ajratiladi
Mablag‘ Toshkent shahrini rivojlantirish jamg‘armasi hisobidan ajratiladi va manzilli ro‘yxat asosida shahar tumanlaridagi obodonlashtirish boshqarmalariga taqsimlanadi. Ajratiladigan umumiy mablag‘ 2 milliard 44 million so‘mni tashkil etadi. Belgilangan rejaga ko‘ra, 1 milliard 456 million so‘mga jami 5600 metrlik temir panjaralar o‘rnatiladi. Bu chora piyodalar yo‘lida yuzaga keladigan yo‘l-transport hodisalarini kamaytirishga xizmat qilishi kutilmoqda. Shuningdek, voyaga yetmaganlar o‘rtasida YTHlarning oldini olish maqsadida qavariq piyodalar o‘tish joylari qurilishi uchun 588 million so‘m ajratiladi. Bu orqali bolalar va o‘smirlar harakatlanadigan hududlarda xavfsizlikni oshirish rejalashtirilgan. Ushbu chora-tadbirlar Toshkent shahar hokimligining yo‘l harakatida piyodalarning xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan yana bir amaliy qadami hisoblanadi.

Teglar

Mavzuga oid