add

Toshkentda podpolkovnik 18 ming dollar pora bilan qo‘lga tushdi

16.07.2025 | 09:4047832

Korrupsiyaga qarshi tezkor tadbirlar davomida Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi Mirobod tumani ichki ishlar organlari faoliyatini muvoffiqlashtirish boshqarmasining bo‘linma boshlig‘i pora olgan paytda qo‘lga olindi. U jinoyat ishi bo‘yicha qamoqdagi ayblanuvchining qarindoshidan 18 ming dollar talab qilgan.

Toshkentda podpolkovnik 18 ming dollar pora bilan qo‘lga tushdi
Davlat xavfsizlik xizmati va Bosh prokuratura hamkorligida korrupsiyaga qarshi o‘tkazilgan maxsus operatsiya chog‘ida Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasiga qarashli Mirobod tumani bo‘linmasining podpolkovnigi U.S. ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
"Podpolkovni U.S. Yakkasaroy tumani IIO Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 273-moddasi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan fuqaroni qamoqdan ozod etishga va’da berib, ayblanuvchining qarindoshidan 18 ming dollar pora olgan. U bu mablag‘ evaziga qamoq ehtiyot chorasini garovga almashtirishni taklif qilgan", deyiladi xabarda.
Biroq amaldor o‘z va’dasini bajara olmagan va pulning bir qismini qaytarish vaqtida huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan qo‘lga tushgan. Undan ashyoviy dalil sifatida poraning bir qismi olingan. Hozirda mansabdor shaxsga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 211-moddasi (pora olish) asosida jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanilgan. Tergov harakatlari davom etmoqda.

Teglar

Mavzuga oid