
Toshkentda sovetparast bloger Aziz Xakimov 4 modda bo‘yicha ayblanib, hibsga olindi
28.09.2025 | 09:3337253
Toshkentda sovetparastlik bilan yozilgan postlari bilan mashhur bloger Aziz Hakimov hibsga olingani xabar qilinmoqda. Unga to‘rtta jinoyat moddasida ayb qo‘yilgan.

Toshkentda sovetparast va kremlparast postlari bilan e’tibor qozongan bloger Aziz Xakimov (Comrade_Aziz) hibsga olindi. Unga nisbatan qator og‘ir ayblovlar qo‘yilgan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, ish jurnalist Nikita Makarenkoning arizasi asosida qo‘zg‘atilgan. Makarenko Xakimov uning sharafi va qadr-qimmatini videolavhada tahqirlagani va yolg‘on ma’lumot tarqatganini ma’lum qilgan.
27 sentyabrda blogerga nisbatan dastlab qo‘yilgan 139-modda (tuhmat) va 140-modda (haqorat)dan tashqari, yana ikki og‘ir modda — 150-modda (urushni targ‘ib qolish) va 156-modda (millatlararo adovat qo‘zg‘atish) bo‘yicha ayblovlar qo‘yildi. Bu qaror videomateriallar ekspertizasi xulosalari asosida qabul qilingan, deb yozmoqda Podrobno.uz.
Ayblanuvchi va uning advokati Sergey Mayorov jinoiy ta’qibni siyosiy jihatdan motivatsiyalangan deb baholamoqda. Mayorovning so‘zlariga ko‘ra, Xakimov qamoqda ochlik aksiyasi e’lon qilgan.
Inson huquqlari «Egulik» jamiyati raisi Abdurahmon tashanovga ko‘ra, u bir guruh faollar haqida, jumladan u va Anora Sodiqovaning xorijdan pul olib, xalqni davlatga qarshi oyoqlantirmoqchi bo‘lganimiz haqidagi feyk videoni birinchi bo‘lib tarqatgan shaxs.
Aziz Xakimov Yaqinda Sherzodxon Qudratxo‘ja va Nikita Makarenkoning shikoyatlari bilan ham javobgarlikka tortilgan.





