add

Toshkentda yana bir muhim inshoot «Humo» nomini oldi

Bugun 18:556922

Shu paytgacha poytaxt markazidagi muz saroyi hamda to‘lov tizimi shu nom bilan atalgan

Toshkentda yana bir muhim inshoot «Humo» nomini oldi

Prezident matbuot xizmati ma’lumotiga ko‘ra, avval «Toshkent-Sharqiy» nomi bilan tanilgan aeroport endi rasman «Toshkent Humo» xalqaro aeroporti deb nomlandi.

«Sharqiy»da harbiylar

O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlariga qarashli bo‘lgan «Toshkent-Sharqiy» aerodromi harbiy va maxsus yuklar tashish, o‘quv-amaliyot ishlari uchun mo‘ljallangan. V.P.Chkalov nomidagi Toshkent aviatsiya ishlab chiqarish birlashmasiga qarashli bo‘lgan aerodrom 2007 yilda «O‘zbekiston Havo Yo‘llari» milliy aviakompaniyasi ixtiyoriga berilgan.

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2017 yilning 30-iyundagi «Toshkent-Sharqiy» aerodromi bazasida fuqarolik (ishchi) aviatsiyasi uchun zamonaviy aeroport majmuasini qurish to‘g‘risida»gi qarori bilan «Toshkent-Sharqiy» aerodromi fuqarolik aviatsiyasiga moslashtirilib, uning bazasida oliy darajadagi mehmonlarni qabul qilish uchun aeroport majmuasi barpo etilishi belgilandi.

«Humo» - Toshkentning yangi havo darvozasi

Loyiha dastlab biznes-aviatsiya va maxsus reyslarga mo‘ljallangan infratuzilma sifatida boshlangan edi. Biroq keyingi bosqichlarda inshootning imkoniyatlari ancha kengaydi:

• 4 km uzunlikdagi uchish-qo‘nish yo‘lagi rekonstruksiya qilindi;

• perron, angarlar va texnik xizmat ko‘rsatish zonalari zamonaviy standartlarga moslashtirildi;

• VIP/CIP terminallari yaratildi;

• ICAO talablariga yaqin darajada xavfsizlik va navigatsiya tizimlari joriy etildi.

Yangicha nom esa aeroportning maqomi biznes-aviatsiyadan tashqariga chiqishini ko‘rsatadi — hozirda u xalqaro reyslar qabul qilishga tayyor infratuzilmaga aylandi.

Toshkentda bir vaqtning o‘zida ikki aviatsiya ob’ekti mavjud bo‘lishi strategik ahamiyatga ega. Birinchidan, yildan-yilga yuklama oshib borayotgan asosiy aeroport uchun “Toshkent Humo” qo‘shimcha havfsizlik va manyovr imkoniyatini yaratadi. Qolaversa, Prezident tashriflari, xalqaro delegatsiyalar, yirik tadbirlar uchun alohida aerokompleks bo‘lishi, charter va biznes parvozlar uchun markaz bo‘lib xizmat qiladi.

Ta’kidlash kerakki, poytaxtdagi yana bir muhtasham inshoot - ko‘p funksiyali sport majmuasi «Humo arena» nomi bilan ataladi, bundan tashqari to‘lov tizimi ham shunday nom ostida faoliyat ko‘rsatadi.

Teglar

Mavzuga oid

Toshkentda yana bir muhim inshoot «Humo» nomini oldi | Vaqt.uz