add

Toshkentda yana ikki mahalla zamonaviylashtirildi — tafsilotlar

24.07.2025 | 17:5046323

2024–2025 yillarda Shayxontohur tumanidagi Shodlik va Yangi Kamolon mahallalarida keng ko‘lamli obodonlashtirish, infratuzilmani yangilash va ijtimoiy ob’ektlarni rivojlantirish ishlari amalga oshirilgan. Mahallalar hududi zamonaviy talablarga mos va xavfsiz yashash maskanlariga aylanmoqda.

Toshkentda yana ikki mahalla zamonaviylashtirildi — tafsilotlar
Shodlik mahallasining 41,6 gektar maydonida turli infratuzilma va ijtimoiy loyihalar amalga oshirilgan.175 ta ko‘p qavatli uy kirish yo‘laklariga videokuzatuv kameralari o‘rnatilib, xavfsizlik mustahkamlangan. 588-sonli maktabgacha ta’lim muassasasi to‘liq kapital ta’mirdan chiqarilib, zamonaviy sharoitlarga mos holga keltirilgan va hozirda 800 dan ortiq bola tahsil olmoqda. Ich ichiga liddan keyin Shuningdek, mahalla binosi, amfiteatr, sport va bolalar maydonchalari, nogironlar uchun alohida o‘yin maskanlari tashkil etilgan. Ichki yo‘llar 100 foiz asfaltlanib, xonadonlar suv, gaz va elektr bilan to‘liq ta’minlangan. Bu o‘zgarishlar mahalladagi hayot sifatini sezilarli darajada oshirgan. Maktab Yangi Kamolon mahallasining qayta qurilishi «Obod mahalla» va «Obod xonadon» dasturlari asosida amalga oshirilgan. Mahallada 13 km piyoda yo‘laklari, yangi bolalar va sport maydonchasi, nuroniylar uchun oromgoh tashkil etilgan. 15 ming metr kvadrat maydon obodonlashtirilib, 3000 dan ortiq daraxtga shakl berilgan. Mavjud uylarda issiqlik va gaz quvurlari ta’mirlangan, yangi liftlar o‘rnatilib, yerto‘la kommunikatsiyalari yangilangan. 567-sonli bog‘cha va 84-sonli maktab ham to‘liq ta’mirlangan. Maktabga zamonaviy jihozlar, robototexnika sinfi va inklyuziv o‘quv jihozlari yetkazilgan. Maktab ikki Bularning barchasi aholiga qulay, xavfsiz va ekologik toza muhit yaratish, ta’lim sifatini yaxshilash, ijtimoiy hayotni faollashtirishga qaratilgan. Mahallalarda amalga oshirilgan islohotlar kelajak avlod tarbiyasi va jamiyat farovonligiga xizmat qilmoqda.

Ruxsora Jovliyeva

Teglar

Mavzuga oid