add

Toshkentda yana ikkita metro bekati vaqtincha yopiladi

24.06.2025 | 12:4031183

28 iyundan «Quruvchilar» va «Yangiobod» bekatlari orasida harakat to‘xtaydi, yo‘lovchilar uchun bepul avtobuslar tashkil etiladi.

Toshkentda yana ikkita metro bekati vaqtincha yopiladi
2025 yil 28 iyun sanasidan boshlab Toshkent metropolitenining “Quruvchilar” (12-bekat) va “Yangiobod” (6-bekat) bekatlari orasida poyezdlar harakati vaqtincha to‘xtatiladi. Bu haqda “Toshkent metropoliteni” DUK rasman xabar berdi. Ma’lumotga ko‘ra, mazkur choralar yangi qurilgan yo‘nalishlarda xavfsizlikni ta’minlash, texnik xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish maqsadida rejali profilaktik ishlar doirasida amalga oshirilmoqda. Ushbu ishlar shahar metrosining yer usti halqa yo‘nalishida 3 oy davomida bosqichma-bosqich olib boriladi. Yo‘lovchilar uchun qulaylik yaratish maqsadida “Qipchoq – Yangiobod – Qipchoq” yo‘nalishida bepul xizmat ko‘rsatadigan katta sig‘imli avtobuslar — metroavtobuslar harakati tashkil etiladi. Ularning ish vaqti har kuni soat 05:00 dan 23:00 gacha belgilangan. Eslatib o‘tamiz, avvalroq shu kabi profilaktik ishlar tufayli “Turon” va “Qipchoq” bekatlari orasida ham poyezdlar harakati vaqtincha to‘xtatilgan edi. Toshkent metropoliteni rahbariyati yo‘lovchilardan yuzaga keladigan vaqtinchalik noqulayliklar uchun uzr so‘ragan va muammolarni minimal darajada saqlashga harakat qilishlarini ma’lum qilgan.

Teglar

Mavzuga oid