add

Toshkentda yo‘llarga 7 mlrd so‘mlik panjaralar o‘rnatiladi: barchasi piyodalar xavfsizligi uchun

23.07.2025 | 17:4035602

Poytaxt hokimligi ko‘chalarga temir panjaralar o‘rnatish uchun 6,9 mlrd so‘m ajratdi. Mazkur loyiha piyodalar ishtirokidagi yo‘l-transport hodisalarining oldini olish va harakat xavfsizligini oshirish maqsadini ko‘zlaydi.

Toshkentda yo‘llarga 7 mlrd so‘mlik panjaralar o‘rnatiladi: barchasi piyodalar xavfsizligi uchun
Toshkent shahar hokimligining ma’lum qilishicha, ajratilayotgan jami 6 mlrd 912,5 million so‘m mablag‘ shaharning turli ko‘cha va yo‘llariga panjaralar o‘rnatish uchun ishlatiladi. Pullar  Toshkent shahrini rivojlantirish jamg‘armasi hisobidan ajratiladi. Shu orqali shahar infratuzilmasini yaxshilash, jamoat joylarida xavfsizlikni ta’minlash rejalashtirilgan. Loyihaga muvofiq, qurilish va ta’mirlash ishlari Toshkent shahar hokimligi huzuridagi «Yagona buyurtmachi xizmati» injiniring kompaniyasi tomonidan amalga oshiriladi. Ayni paytda panjaralar loyihasi qanday joylarni qamrab olishi va o‘rnatish muddatlari aniqlanmagan. Ma’lumot uchun: so‘nggi yillarda poytaxt ko‘chalarida piyodalar bilan bog‘liq yo‘l hodisalari soni oshgani kuzatilmoqda. Hokimlik tomonidan ushbu infratuzilmaviy chora bilan yo‘llardagi bu noxush holatlar sonini kamaytirmoqchi.

Teglar

Mavzuga oid