Logo

Toshkentda yugurish bo‘yicha katta marafon o‘tkaziladi

Sovrin jamg‘armasi uchun 112 million so‘m ajratilgan.

Toshkentda yugurish bo‘yicha katta marafon o‘tkaziladi

6-sentabr kuni Toshkent shahrining markaziy ko‘chalarida «Tashkent International Half Marathon – 2026» marafoni bo‘lib o‘tadi. Bu haqda O‘zbekiston yengil atletika federatsiyasi xabar berdi.

Marafonda ikki xil masofaga yuguriladi. 5 km — ommaviy yugurish va 21,0975 km — yarim marafon. Undaa ishtirok etmoqchi bo‘lganlar 300 ming so‘m to‘lashi kerak. Muxlislardan pul olinmaydi. 5 km masofaga yuguradiganlar uchun maxsus aksiya ham bor. Ya’ni atigi 10 ming so‘mga ro‘yxatdan o‘tgan, startga chiqqan va masofani bosib o‘tganlarga finishda 100 ming so‘m qaytarib beriladi.

Tadbirning sovrin jamg‘armasi umumiy hisobda 112 million so‘m. Bunda 21 kilometrga yugurib marraga birinchi bo‘lib borganga 15 mln so‘m, 2-o‘ringa 12 mln so‘m va 3-o‘ringa 10 mln so‘m beriladi. Shuningdek, 4-o‘ringa 6 mln so‘m, 5-o‘ringa 4 mln so‘m va 6-o‘ringa 3 mln so‘m taqdim qilinadi.

Shu bilan birga, 5 km masofaga yugurgan va peshqadam bo‘lganga 3 mln so‘m, 2-o‘ringa 2 mln so‘m va 3-o‘ringa 1 mln so‘m to‘lanadi. Har ikkalar masofada ham ayollar va erkaklar alohida taqdirlanadi.

Tadbir davomida ishtirokchilarga start raqami, elektron chip, rasmiy futbolka, finisher medali, trassada suv va oziq-ovqat, elektron sertifikat beriladi.

Teglar

Mavzuga oid