add

Toshkentdagi International mehmonxonasi boshqaruvi rossiyaliklarga o‘tdi

15.07.2025 | 19:3019642

Rossiyaning Azimut Hotels shirkati Toshkentdagi mashhur International Tashkent mehmonxonasini boshqarishni boshladi. Bu Markaziy Osiyodagi ushbu kompaniyaning ilk premium loyihasi sanaladi.

Toshkentdagi International mehmonxonasi boshqaruvi rossiyaliklarga o‘tdi
Rossiyadagi Azimut Hotels mehmonxona tarmog‘i rasman ma’lum qilishicha, Toshkentda joylashgan besh yulduzli International Tashkent mehmonxonasi endi ular tomonidan boshqariladi. Mehmonxona yaqin vaqtlarda «Azimut Grand Hotel Tashkent» nomi bilan ish boshlaydi. Bu inshoot 1997 yili InterContinental brendi ostida faoliyat yuritgan bo‘lib, 2012 yilgacha xalqaro operator nazoratida ishlagan. Keyinchalik faoliyati to‘xtagan mehmonxona binosi 2024 yil noyabrda Smart Fast Stroy kompaniyasi tomonidan 26 million dollarga sotib olingan edi. Endilikda ushbu ob’ekt Azimut Hotels’ning Markaziy Osiyodagi birinchi premium darajali mehmonxonasiga aylanadi. Biroq bu mehmonxona kompaniya mulki ekanligini anglatmaydi. Azimut Hotels 2004 yili tashkil etilgan bo‘lib, hozirda Rossiya, Germaniya, Avstriya va Isroilda 39 ta mehmonxonani boshqaradi.

Teglar

Mavzuga oid

Toshkentdagi International mehmonxonasi boshqaruvi rossiyaliklarga o‘tdi | Vaqt.uz