add

Toshkentga 17-noyabrgacha yuk mashinalari kiritilmaydi

Bugun 16:252121

Poytaxtda 14–17-noyabr kunlari xalqaro tadbirlar o‘tkazilishi munosabati bilan yuk mashinalarining kirishi to‘xtatiladi. Ayrim markaziy ko‘chalar vaqt-vaqti bilan yopiladi.

Toshkentga 17-noyabrgacha yuk mashinalari kiritilmaydi

Ichki ishlar vazirligi Toshkent shahrida 14–17-noyabr kunlari xalqaro tadbirlar o‘tkazilishi munosabati bilan keng qamrovli transport cheklovlari amal qilishi haqida ma’lum qildi. Unga ko‘ra, ushbu kunlarda poytaxtga hududlardan kiruvchi yuk tashuvchi transport vositalari harakati vaqtincha to‘xtatiladi. Shahar markazida esa yuk mashinalarining harakatlanishi taqiqlanadi.

Jumladan, 15-noyabr kuni soat 14:00 dan 19:00 gacha Abdulla Qodiriy — Ganga ko‘prigi kesishmasidan tortib, Abdulla Qodiriy, Qorasaroy va Zarqaynar ko‘chalari chorrahasigacha bo‘lgan hudud yopiladi. Haydovchilar harakatni Sebzor va Nurafshon ko‘chalari orqali amalga oshirishlari mumkin.

Shu kuni soat 9:00 dan 19:00 gacha Abdulla Qodiriy — Qorasaroy chorrahasidan boshlab, Qorasaroy ko‘chasi bo‘ylab Nurafshon — Qorasaroy kesishmasigacha yo‘l yopiladi. Transport harakati Nurafshondan Sebzorgacha hamda Qorasaroydan kichik halqa yo‘ligacha yo‘naltiriladi.

16-noyabrda soat 10:00 dan 15:00 gacha Islom Karimov — Botir Zokirov ko‘chalari chorrahasidan boshlab, Islom Karimov ko‘chasi orqali Furqat ko‘chasigacha yo‘l qisman va vaqtincha yopiladi. Haydovchilar Botir Zokirov — Alisher Navoiy hamda Olmazor — Beshyog‘och ko‘chalari orqali harakatlanishlari mumkin.

Shuningdek, soat 9:00 dan 15:00 gacha Islom Karimov — Furqat chorrahasidan Xadra maydonigacha Furqat ko‘chasining ikkinchi darajali yo‘l qismi yopiladi. Harakat Alisher Navoiy va Islom Karimov ko‘chalariga yo‘naltiriladi.

Cheklovlar sababli vodiydan vohaga va aksincha harakatlanish D-012 avtomagistrali orqali amalga oshiriladi.

Teglar

Mavzuga oid

Toshkentga 17-noyabrgacha yuk mashinalari kiritilmaydi | Vaqt.uz