Toshkentning ikki tumanida 3 kun davomida gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi
Ta’mirlash ishlari sababli Yangihayot va Sergeli tumanlaridagi qator mahallalarda 12-avgust soat 08:00 dan 15-avgust 17:00 gacha gaz ta’minoti vaqtincha uziladi.
© Ijtimoiy tarmoqlarToshkent shahrining Yangihayot va Sergeli tumanlarida ayrim hududlarga gaz yetkazib berish vaqtincha to‘xtatiladi. Bu haqda «Hududgazta’minot» Toshkent shahri filiali matbuot xizmati ma’lum qildi.
Gaz ta’minoti 12-avgust soat 08:00 dan 15-avgust soat 17:00 gacha cheklanadi. Bu davrda Yangihayot tumani Tashabbus MFY va Sergeli 5A mavzesidagi eski gaz taqsimlash punkti hamda hududdagi yer osti gaz quvurini almashtirish ishlari amalga oshiriladi.
Qaysi mahallalar gazsiz qoladi?
Yangihayot tumanining quyidagi mahallalarida:
Yo‘ldosh
Mash’al
Olchazor
Xushnud
Navqiron
Yorqin hayot
Charog‘on
Chorbog‘
Viqor
Al-Farg‘oniy
Do‘stlik
Iqbol
Toshkent
Fayzli
Chortoq.
Sergeli tumanidagi quyidagi MFYlar:
Mehrigiyo
O‘zgarish
Habibiy
Madadkor
Ziynat
Ezgulik
Yangi Sergeli
Sohibqiron
Sofdil
So‘g‘diyona
Ittifoq
Nilufar
Saxovat
Qipchoq
Qut-baraka
Daryo bo‘yi
Ta’mirlash ishlari sababli nafaqat yerli xonadonlar, balki ko‘p qavatli uylar va ulgurji iste’molchilar ham vaqtincha gaz ta’minotisiz qoladi. Ta’mirlash ishlari yakunlangach, gaz ta’minoti bosqichma-bosqich qayta tiklanadi.
«Hududgazta’minot» poytaxt filiali ta’mirlash ishlari tufayli yuzaga kelayotgan vaqtinchalik noqulayliklar uchun iste’molchilardan uzr so‘ragan. Aholiga gaz ta’minoti tiklangunga qadar ehtiyot choralarini ko‘rish tavsiya etilgan.





