add

Toshturma o‘rnida nega xiyobon qurilmagan? — senator so‘roviga hokimlik javob berdi

Bugun 15:147032

Senator Sayyora Abdikarimova Toshkent shahar hokimi Shavkat Umurzoqovga murojaat yo‘llab, sobiq 1-sonli tergov hibsxonasi hududida zamonaviy xiyobon qurilishi nega kechikayotgani va yer maydonining hozirgi holati haqida ma’lumot so‘ragan edi.

Toshturma o‘rnida nega xiyobon qurilmagan? — senator so‘roviga hokimlik javob berdi

Senatning agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Sayyora Abdikarimova tomonidan Toshkent shahar hokimi Shavkat Umurzoqovga sobiq 1-sonli tergov hibsxonasi hududida xiyobon qurilishi kechikkani haqida senator so‘rovi yuborilgan edi. Ushbu senator so‘roviga Toshkent shahar hokimligi bergan javob berdi.

So‘rovga javob tariqasida Toshkent shahar hokimligi tomonidan taqdim etilgan ma’lumotnomada qayd etilishicha, Yunusobod tumani Namagan ko‘chasidagi 2,9 gektarlik yer maydoni 2018 yilda hokimlik balansiga o‘tkazilgan va unda zamonaviy xiyobon qurish vazifasi yuklatilgan. Biroq keyinchalik 2020 yildagi 888-sonli qaror asosida mazkur hudud «Ogneupor» MCHJga ma’muriy binolar qurish uchun kompensatsiya sifatida ajratilgan.

Hujjatga ko‘ra, korxona avval Yunusobod tumani Chinobod ko‘chasidagi 3 gektar yer maydonida faoliyat yuritgan, ammo «Yunusobod Business City» loyihasi sababli binolari buzilib, ularga sobiq hibsxona hududidan 2,9 gektar yer berilgan. 2024 yil aprelida bu yerda 76 kvadrat metrlik ma’muriy bino qurilib, rasman foydalanishga topshirilgan.

Shu bilan birga, hokimlik ma’lumotnomasida 2024 yil 24 dekabrda tasdiqlangan «Toshkent shahrining 2045 yilgacha bo‘lgan bosh rejasi»ga muvofiq, mazkur hudud konservatsiya zonasi sifatida belgilangani — ya’ni bu yerda yangi turar yoki noturar binolar qurish taqiqlangani qayd etilgan.

Ma’lumotda ta’kidlanishicha, «Ogneupor» MCHJ rahbariyati dastlab bu yerda ishlab chiqarish korxonasi qurishni rejalashtirgan, ammo aholi yashaydigan hudud ichida sanoat faoliyatini yo‘lga qo‘yish mumkin emasligi aniqlanganidan so‘ng, zamonaviy mehmonxona qurish g‘oyasini ilgari surgan. Biroq moliyaviy imkoniyat yetishmagani sababli loyiha amalga oshmagan.

Shuningdek, korxona 2022–2025 yillar davomida yerni xususiylashtirish bo‘yicha bir necha marta ariza bergan, ammo bosh reja talablariga ko‘ra hudud konservatsiya zonasida ekani sabab rad javobi olgan.

Hozirda hudud rasman korxona ixtiyorida bo‘lib, kelgusida faqat konservatsiya rejimi bekor qilingan taqdirda loyiha takliflari ko‘rib chiqilishi mumkinligi ta’kidlangan.

Teglar

Mavzuga oid

Toshturma o‘rnida nega xiyobon qurilmagan? — senator so‘roviga hokimlik javob berdi | Vaqt.uz