add

Tramp 5 mln dollar evaziga «oltin» viza uchun arizalarni qabul qilishni boshladi

13.06.2025 | 09:2013323

AQSH prezidenti Donald Tramp boy xorijliklarga 5 mln dollar to‘lash evaziga doimiy yashash huquqi beriladigan yangi viza dasturini taklif qilmoqda. U shu yo‘l bilan mamlakatga 5 trln dollar jalb etishni maqsad qilgan.

Tramp 5 mln dollar evaziga «oltin» viza uchun arizalarni qabul qilishni boshladi
AQSH prezidenti Donald Tramp o‘zining Truth Social ijtimoiy tarmog‘ida «Tramp kartasi» deb nomlangan yangi migratsiya dasturi uchun arizalar qabul qilishni boshlaganini e’lon qildi. Ushbu loyiha orqali xorijlik sarmoyadorlarga mamlakatda doimiy yashash huquqi berish ko‘zda tutilgan. Trampning ta’kidlashicha, yangi viza dasturi orqali AQSHda qonuniy maqomga ega bo‘lishni istagan boy shaxslar va kompaniyalar 5 mln dollar to‘lab, soliq to‘lovchisi sifatida mamlakat iqtisodiga hissa qo‘shadi. Karta ularga yashash va ishlash huquqidan tashqari, keyinchalik fuqarolikka ham yo‘l ochadi. Ayni vaqtda TrumpCard.gov sayti orqali ariza berish mumkin — foydalanuvchi o‘z ismi, elektron pochtasi va jismoniy yoki yuridik shaxs ekanini ko‘rsatishi kifoya. Hozircha vizaga oid maxsus talablar yoki savolnomalar e’lon qilinmagan. Tramp fevral oyida ushbu loyihani birinchi marta taqdim etgan, unda «zolotaya karta» AQSHning mavjud EB-5 vizasiga o‘xshash, ammo undan ko‘ra samaraliroq bo‘lishi aytilgan. EB-5 vizasi orqali hozirda kamida 1,05 mln dollar sarmoya kiritganlar doimiy yashash huquqiga ega bo‘ladi. CBS telekanali yozishicha, hozircha Trampning Kongress roziligisiz bunday vizalarni berish vakolati bor-yo‘qligi aniq emas. Shu bilan birga, Tramp bu orqali 1 mln nafar viza sotilishi va 5 trln dollar daromad kelishi mumkinligini ta’kidlamoqda.

Teglar

Mavzuga oid

Tramp 5 mln dollar evaziga «oltin» viza uchun arizalarni qabul qilishni boshladi | Vaqt.uz