
Tramp 9-urushni ham to‘xtata oladimi? U Putin bilan telefonda gaplashyapti
16.10.2025 | 20:456863
Bugun Tramp Zelenskiy bilan uchrashuv oldidan Putinga qo‘ng‘iroq qilgan.

AQSH prezidenti Donald Tramp bugun, 16 oktyabr kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqot qilmoqda. Bu haqda AQSH prezidenti ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida ma’lum qildi.
«Men hozir prezident Putin bilan gaplashyapman. Suhbat davom etmoqda, u uzoq davom etadi va men uning mazmuni haqida, prezident Putin kabi, suhbat yakunida xabar beraman»,- dedi Tramp.
Tramp va Putin o‘rtasidagi telefon suhbati Amerika prezidentining Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan Oq uyda uchrashuvidan bir kun oldin bo‘lib o‘tmoqda.
Axios qayd etishicha, Putin va Tramp Ukrainadagi urushni muhokama qiladi.
Zelenskiy va Tramp 17 oktyabr kuni Oq uyda uchrashadi. Prezidentlar Amerikaning Ukrainaga yangi qurol-yarog‘ yetkazib berish, jumladan, Tomahawk raketalarini muhokama qilishlari rejalashtirilgan. Zelenskiy va Tramp ikki kun ichida ikki marta telefon orqali gaplashdi, biroq bu suhbatlardan so‘ng yakkama-yakka uchrashuv zarur bo‘ldi, chunki «telefon orqali muhokama qilib bo‘lmaydigan ayrim masalalar bor», deya yozmoqda Axios.





